Konsullik xizmatlari nega buncha qimmat - deputat TIVga so‘rov yubordi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRasul Kusherbayev, deputat
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
Deputat Rasul Kusherbayev O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari xizmatlari narxi borasida TIVga so‘rov yubordi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Deputat Rasul Kusherboyev Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga xorijda pasport va sertifikat olish to‘lovlari qimmatligi bo‘yicha "deputatlik so‘rovi" kiritdi.
So‘rovda to‘lovlarning yuqoriligini asoslash va kelgusida pasaytirish choralarini ko‘rish so‘ralgan. Bu borada Markaziy Osiyoda O‘zbekiston fuqarolari uchun eng yuqori narxlar belgilagani va bu migrantlarga qiyinchilik tug‘dirayotgani yozilgan.
Xususan xorijda konsulliklar orqali pasport olish qanchaga tushadi?
Qirg‘iziston fuqarolariga 10 AQSh dollari;
Qozog‘iston fuqarolariga 30 AQSh dollari;
Turkmaniston fuqarolariga 33 AQSh dollari;
Tojikiston fuqarolariga 100 AQSh dollari;
O‘zbekiston fuqarolariga 170 AQSh dollari.
Deputatning yozishicha, “Har doimgidek narx qimmatligi borasida O‘zbekiston yetakchi. Biroq bu narxlar nima asosga ko‘ra, qaysi kriteriylar bo‘yicha belgilangan?”.
“Tashqi ishlar vazirligi asoslab berishi kerak. Bu hammasi emas. Agar O‘zbekiston fuqarosi horijda pasport olish muddatini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa har yil uchun 50 AQSh dollaridan to‘lov qilishi, pasport yo‘qotilsa qo‘shimcha 70 AQSh dollari, pasport yaroqsiz holga kelib qolsa qo‘shimcha 50 AQSh dollari to‘lashi kerak ekan”, deydi Rasul Kusherbayev.
Pasportini yo‘qotgan va sertifikat bilan qaytmoqchi bo‘lganlarga:
Qozog‘iston 7,5 AQSh dollari;
Tojikiston 10 AQSh dollari;
Qirg‘iziston 10 AQSh dollari;
Turkmaniston 34 AQSh dollari;
O‘zbekiston 55 AQSh dollari etib belgilagan.
“Har doimgidek Markaziy Osiyoda eng qimmat narx o‘zbekistonliklarning gardanida. Bir parcha qog‘oz uchun 55 dollar talab qilishni qanday izohlash mumkin? Tashqi ishlar vazirligi bu savollarga asoslantirilgan tushuntirish berishi shart. Shu bois, "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi qonun doirasida bu bo‘yicha deputatlik so‘rovi kiritamiz: marhamat vazirlik asoslasin yoki narxlarni tushirsin. "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, deputatlik so‘roviga vazir tomonidan 10 kun ichida javob berilishi shart”,deydi deputat.
Rossiyadagi O‘zbekiston konsulxonasida ayrim xizmatlar narxlari:
Xorijga chiqish pasporti berish – $ 170 ;
Pasport olishga kech murojaat qilish (har yiliga) - $ 50 ;
Pasport yo‘qotganlik uchun – $ 70;
Pasportni yaroqsiz holga keltirish uchun – $ 50;
Konsullik ro‘yxatiga olish uchun – $30;
Moskvada pasport olish uchun ham bir necha hujjat jamlab konsulxonaga topshirishingiz kerak. Hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, faqat sertifikat olib O‘zbekistonga qaytish mumkin.
Paralel dunyo
Moskvadagi Yaponiya elchixonasida yangi pasport olish yoki almashtirish uchun bir dona anketa to‘ldirish, 1ta rasm hamda 30 daqiqa vaqt kerak. To‘lov 3900 - 6750 rubl.
Qo‘shni Tojikiston fuqarolari ham Moskvada 2 hafta ichida yangi pasport olishi mumkin. To‘lov $100.
Yangiliklar lentasi
0