Biz Rossiya bo‘lib qolish uchun kurashmoqdamiz - Vladimir Putin

© Sputnik / Andrey Gorshkov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v seremonii podnyatiya flaga na parome "Marshal Rokossovskiy"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v seremonii podnyatiya flaga na parome Marshal Rokossovskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asl maqsadi, iqtisodiy sanksiyalar hamda Rossiya hamjamiyatini ichidan nizo chiqarishga urinishlar haqida.
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16-mart kuni federal subyektlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi. Majlis boshida prezident Ukrainada olib borilayotan maxsus harbiy operatsiya va siyosiy vaziyat haqida to‘xtalib o‘tdi.

Maxsus harbiy operatsiya

Biz harbiy operatsiya boshlashdan oldin Kiyev hukumatiga turli kanallar orqali, qon to‘kilishini oldini olish maqsadida, Jangga kirmaslikni va Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishni taklif qildik. Lekin ular buni istamadi. Nima deyish mumkin, bu ularning qarori. Aslida nima bo‘layotganini ular bir kun baribir tushunishga majbur bo‘ladi.
Operatsiya, rejaga mos ravishda, muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Ukraina, AQSh va qator G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlashi yordamida, Donbassga kuchli hujum uyushtirishga, u yerda etnik tozalashlar o‘tkazishga tayyorlanayotgan edi. Undan so‘ng Qrimga hujum qilish rejalashtirilgan edi. Bizning Qurolli kuchlarimiz bu rejalarni buzib yubordi. Biz Doneskda uzoq yillar davomida olib borilgan agressiya va genotsidga ko‘z yumib tura olmaymiz.
Shuni alohida aytmoqchimanki, agar bizning qo‘shinlar faqat Donbassni ozod qilib, boshqa joylarni qoldirganida, bu Donbass atrofida yangi front chizig‘i paydo bo‘lishi, Kiyev rejimi tomonidan revanshizm harakatlari davom etishiga va Ukraina hududida NATO qurollari joylashtirilishiga olib kelgan bo‘lardi. Bu esa kelajakda Rossiya xavfsizligiga jiddiy tahdid solish, Rossiyaga bosim o‘tkazishga asosi yaratgan bo‘lar edi.
Bizda, Rossiya xavfsizligini ta’minlash uchun, ushbu harbiy operatsiyadan boshqa imkon qolmagan edi. Biz Ukrainani Rossiyaga tahdid soluvchi agressiv platformaga aylanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz.
G‘arb tomonidan boshqariladigan Kiyev rejimiga aniq vazifani bajarish belgilangan – ya’ni Rossiyaga qarshi davlat tuzish. O‘z xalqining taqdiri nima bo‘lishi ularga baribir. Millionlab oldamlar qochqinga aylangani, ko‘chlar millatchilar va qurollangan jinoyatchilarga to‘la ekani, mamlakatda gumanitar falokat yuz berayotgani – ularga baribir.
Kollektiv G‘arb Ukrainaga qurol-aslaha, harbiy maslahatchilar va yollanma askarlar yetkazib berishda davom etmoqda.

Iqtisodiy sanksiyalar oqibati

G‘arb bizga qarshi qurol sifatida iqtisodiy sanksiyalarni tanladi. Lekin sanksiyalar ularning o‘ziga ko‘proq zarra keltirmoqda. Ularning rahbarlari o‘z xalqi oldida sanksiyalar oqibatdi yana Rossiyani aybdor qilishmoqda. Lekin ushbu muammolar bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Ular bir necha yildan beri bor va tobora murakkablashib kelmoqda. Ularning asosiy sababi – G‘arbning qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘z yetakchiligini saqlab qolishga urinishidir. Sanksiyalar ham ana shu urinishning bir ko‘rinishidir.
Sanksiya kiritish – AQSh markaziy banki va YeI davlatlarining ma’suliyatsiz. Uzoqni ko‘ra bilmaydigan ishlarining mantiqiy davomidir. Ular o‘z qo‘llari bilan so‘nggi kunlarda jahon bozorlarida dunyo inflyatsiyasini tezlashtirib yuborishdi. Oqibatda dunyoda kambag‘allar soni oshadi va oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi kuchayadi.
Global iqtisod va AQSh dollariga ham jiddiy putr yetkazildi. Dollar asosiy rezerv valyuta sifatida ishonchini yo‘qotmoqda.
Rossiya Bankining dunyoda “eng ishonchli aktivlar” maqomiga ega bo‘lgan aktivlari muzlatib qo‘yildi. AQSh va YeI Rossiya oldidagi majburiyatlaridan mutlaq voz kechdi. Har qanday davlatning xorijiy valyutadagi moliyaviy rezervlari shunchaki o‘g‘irlanishi mumkin. Endi buni hamma biladi. Ishonchim komilki, yaqin vaqt ichida barcha davlatlar o‘z qog‘oz rezervlarini real aktivlarga aylantirishni boshlaydi. Raqamli valyutalar, xom-ashyo, yer, oltin va boshqa aktivlar.
Rossiya kompaniyalarining xorijdagi aktivlarini hibsga olish – bizning biznesmenlar uchun yaxshi dars bo‘ldi. O‘z mamlakatiga investitsiya kiritishdan ishonchlisi yo‘q. Men o‘zim ham bu haqida shaxsan ogohlantirgan edim.
Biz AQSh tomonidan o‘tkazilotgan siyosiy bosimlarga qaramasdan Rossiyada o‘z faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan kompaniyalar pozitsiyasini qadrlaymiz.
Shuningdek murakkab vaziyatda Rossiyani tark etishga qaror qilgan kompaniyalarni ham bilamiz, lekin G‘arb davlatlaridan farqli ravishda biz mol-mulk huquqini hurmat qilamiz.

G‘arb ertaklari chipakka chiqdi

Bir narsani aniq tushunish kerak, yangi sanksiyalar paketi baribir kiritilar edi. Ukraina shunchaki bunga bahona bo‘ldi. G‘arbning maqsadi – nima bo‘lsa ham Rossiya rivojlanishini to‘xtatib turish. Shu sababli ular bizning barcha sohalarimizga zarba berishga harakat qilishmoqda: iqtisod, fan, madaniyat, ijtimoiy soha, har bir oila va har bir Rossiya fuqarosiga qarshi.
G‘arbning siyosiy bag‘rikenglik, xususiy mulk daxlsizlik huquqi, so‘z erkinligi haqidagi ertaklari bir zumda chipakka chiqdi. Ular hatto Olimpiya prinsiplarini ham toptab tashlashdi. Paralimpiyachilarni ham musobaqada ishtirok etishdan chetlatishdi. Mana sizga “Sport - siyosatdan xoli” prinsipi.
Aksariyat davlatlarda rossiyaliklarga nisbatan millatchilik, tajovuzkorlik holatlari uchramoqda. Ularni ishdan bo‘shatish, bolalarini maktabdan haydash holatlari yuz bermoqda.
Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan axborot urushi boshlandi. G‘arb OAVlarining – obyektivligi afsona ekani bir zumda chilparchin bo‘ldi. Dunyoda eng ommaviy bo‘lgan AQSh ijtimoiy tarmoqlaridan biri Rossiya fuqarolarini o‘ldirishga chaqirmoqda.
Biz ushbu imperiya qanday kuch va salohiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz, lekin haqiqat va adolat oldida u baribir kuchsiz. Rossiya bosqichma-bosqich o‘z pozitsiyasini baribir dunyoga yetkazadi. Bizning pozitsiyamiz haqgo‘y va ochiq, dunyoda tobora ko‘proq odamlar uni tushunmoqda.

G‘arbning asl maqsadi va beshinchi kolonna

Kollektiv G‘arbning bugungi harakatlari negizida – dushmanona geosiyosiy maqsadlar yotibdi. Ular kuchli va mustaqil Rossiyani ko‘rishni istamaydi. Ular biz o‘z milliy manfaatlarimizni himoya qilayotganimizni ko‘ra olmaydi. Biz 1990-yillarda Shimoliy Kavkazda separatizm va terrorizm G‘arb tomonidan qanday qo‘llab quvvatlanganini yaxshi eslaymiz. Ular hozir ham Rossiyani kuchsiz qaram mamlakatga aylantirishni, territorial yaxlitligini buzishni istaydi. Lekin bu ish o‘shanda ham ularni qo‘lidan kelmagan edi, endi ham kelmaydi.
Ular “beshinchi kolonna” deb ataluvchi Rossiyada daromad topib xorijda yashaydigan millatchi-sotqinlarga tayanmoqda. Bundaylaring aksariyati jismonan G‘arbda yashamasa ham o‘z miyasida, o‘z fikrlarida G‘arbga “qullik” g‘oyalari asosida yashamoqda. Ular hozir xayolan Rossiya xalqi bilan emas - G‘arb bilan. Bunday fikrlash ularning fikricha “oliy irqqa” tegishli ekanidan darak beradi. Ular o‘sha “oliy irq” ostonasidan joy olish uchun hatto onasini ham sotishga tayyor. “Beshinchi kolonna” faqat bir narsani tushunmaydi – ular “Oliy irqqa” ular faqatgina Rossiyaga zarar keltirish uchun kerak.
Kollektiv G‘arb, jangovar yo‘qotishlar, iqtisodiy sanksiyalarni ro‘kach qilib, o‘zining beshinchi kolonnasidan foydalangan holda, jamiyatimiz orasida nizo chiqarishni, Rossiyada fuqaro qarshiligini keltirib chiqairshni va oxir oqibat Rossiyani barbod qilishni istaydi.
Lekin har qanday xalq, ayniqsa Rossiya xalqi haqiqiy vatanparvarlarni sotqinlardan ajratishni juda yaxshi biladi. Ushbu tabiiy tozalanish jarayoni jamiyatimiz hamjihatligini yanada mustahkamlaydi.

Kollektiv G‘arb hamma narsani o‘z o‘lchovi bilan o‘lchaydi va hamma narsa sotiladi va sotib olinadi deb hisoblaydi. Ular Rossiya iqtisodiy bosim ostida taslim bo‘ladi deb o‘ylashmoqda. Lekin ular bizning tariximizni, bizning xalqimizni yaxshi bilishmaydi.

Afsuski bugun ko‘plab davlatlar, jumladan Yevropada ham, yangona hukmdor davlat oldiga bo‘yin egib yashashga o‘rganib qolishgan.
Lekin Rossiya hech qachon bunday qilmaydi. Biz bugun olib borayotgan kurash, mamlakatimiz kelajagi, bolalarimiz taqdiri uchun. Biz Rossiya bo‘lib qolish uchun kurashamiz. Bizning askar va zobitlarimiz, Vatan himoyachilarimizning qahramonligi – bizga o‘rnak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0