AKT vazirligi TikTokka vakolatxona ochishni taklif qildi

© AP Photo / Kiichiro SatoTikTok
TikTok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
TikTok O‘zbekiston qonunga zid materiallar tarqalishini oldini olish bo‘yicha AKT vazirligi bilan hamkorlik qilishga tayyor.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumki, Tik Tok bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
“Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har-xil O‘zbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirishdi”, deyiladi xabarda.
AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Davlat personallashtirish markazi mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0