https://oz.sputniknews.uz/20220316/tongni-qanday-boshlash-kerak--parhezshunos-javobi-23353424.html
Tongni qanday boshlash kerak – parhezshunos javobi
Tongni qanday boshlash kerak – parhezshunos javobi
Parhezshunos organizmni qanday qilib to‘g‘ri uyg‘otish, hazm qilish tizimini ishga tushirish va kayfiyatni ko‘tarish borasida tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi 16.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-16T06:16+0500
2022-03-16T06:16+0500
2022-03-16T06:16+0500
bu qiziq
suv
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23326738_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_aa84ce9874089baf5f504468c2d97ae6.jpg
Tongda nonushtadan oldin bir stakan oddiy suv ichishni odat qilish lozim. Shifokor-parhezshunos, gastroenterolog, oshpaz-bloger Nuriya Dianova Sputnik radiosiga ma’lum qilishicha, bu odat kayfiyatni ham ko‘taradi.Agar ertalab och qoringa bir stakan oddiy suv iste’mol qilinsa, organizm tez uyg‘onadi, ichak mikroflorasi yaxshilanadi, teri tozalanadi va kayfiyat ham ko‘tariladi.Ammo barcha turdagi suv ham bunda foydali bo‘lmaydi.“Suv xona haroratida bo‘lgan, agar ich qotishi kuzatilsa (shahar aholisining 80 foizini ich qotishi bezovta qiladi) sovuq bo‘lmasligi kerak”, - deydi DianovaMutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, agar qorinda og‘riqlar bezovta qilsa, iliq suv ichish kerak.Ba’zi insonlar tongda oddiy suv emas, balki limon yoki apelsin qo‘shilgan ichimliklarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Ammo, mutaxassisning ogohlantirishicha, oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lgan insonlarga bu mumkin emas.“Oshqozon-ichak kasalliklari, masalan, gastrit bo‘lsa, bunday ichimlik, ayniqsa sovuq suv, spazm keltirib chiqarishi, qorinda og‘riq paydo bo‘lishi, pankreatit, xoletsistit rivojlanishi mumkin”, - deydi shifokor.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23326738_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ef2e0e931b5612af71ebd69b54c83511.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
suv, shifokorlar tavsiyasi
suv, shifokorlar tavsiyasi
Tongni qanday boshlash kerak – parhezshunos javobi
Parhezshunos organizmni qanday qilib to‘g‘ri uyg‘otish, hazm qilish tizimini ishga tushirish va kayfiyatni ko‘tarish borasida tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi
Tongda nonushtadan oldin bir stakan oddiy suv ichishni odat qilish lozim. Shifokor-parhezshunos, gastroenterolog, oshpaz-bloger Nuriya Dianova Sputnik radiosiga ma’lum qilishicha, bu odat kayfiyatni ham ko‘taradi.
Agar ertalab och qoringa bir stakan oddiy suv iste’mol qilinsa, organizm tez uyg‘onadi, ichak mikroflorasi yaxshilanadi, teri tozalanadi va kayfiyat ham ko‘tariladi.
“Organizmda barcha jarayon ishga tushadi, oshqozon aniq ishlay boshlaydi, odamda kayfiyat yaxshilanadi, teri tozalanadi, mikroflora yaxshilanadi. Gastroenterologiya nuqtayi nazaridan och qoringa suv iste’mol qilish asosiy reflekslardan birini ishga tushiradi ya’ni - oshqozon-ichak faoliyatini rag‘batlantiradi”, - deya ta’kidlaydi mutaxassis.
Ammo barcha turdagi suv ham bunda foydali bo‘lmaydi.
“Suv xona haroratida bo‘lgan, agar ich qotishi kuzatilsa (shahar aholisining 80 foizini ich qotishi bezovta qiladi) sovuq bo‘lmasligi kerak”, - deydi Dianova
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, agar qorinda og‘riqlar bezovta qilsa, iliq suv ichish kerak.
Ba’zi insonlar tongda oddiy suv emas, balki limon yoki apelsin qo‘shilgan ichimliklarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Ammo, mutaxassisning ogohlantirishicha, oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lgan insonlarga bu mumkin emas.
“Oshqozon-ichak kasalliklari, masalan, gastrit bo‘lsa, bunday ichimlik, ayniqsa sovuq suv, spazm keltirib chiqarishi, qorinda og‘riq paydo bo‘lishi, pankreatit, xoletsistit rivojlanishi mumkin”, - deydi shifokor.
Mavzuga oid: