Qator hududlarda qor ko‘chish xavfi bor - ro‘yxat
18:27 16.03.2022 (yangilandi: 12:05 17.03.2022)
© Sputnik / Ovchinnikovsnejnaya lavina.
© Sputnik / Ovchinnikov
Obuna bo‘lish
17-24 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik sabab yetti viloyatda qor ko‘chish xavfi bor.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zgidromet respublikaning qator hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
17-24 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumani va “Qamchiq” dovoni hududida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.