Putin AQShni Ukrainadagi bioishlanmalar izini yo‘q qilishga urinishda aybladi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga yaqin Ukraina hududida biologik qurolning tarkibiy qismlari yaratilgan bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. AQSh ko‘magida Ukrainada ishlab chiqilgan biologik ishlanmalar izini hozir zo‘r berib yo‘qotishga urinishmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

“Ukrainada Pentagon rahbarligi va moliyaviy ko‘magida harbiy-biologik dasturlar, jumladan koronavirus, kuydirgi, cho‘chqalarning afrika o‘lati va boshqa halokatli kasalliklar namunalari bilan tadqiqotlar o‘tkazilgan o‘nlab laboratoriyalar tarmog‘i faoliyat yuritgan”, - dedi Putin Rossiya mintaqalarini qo‘llab-quvvatlash choralariga qaratilgan yig‘ilishda.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga yaqin Ukraina hududida biologik qurolning tarkibiy qismlari yaratilgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid:

AQSh Ukrainada slavanlarga qarshi biologik qurol ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan – Mudofaa vazirligi
AQSh Ukrainadagi biolaboratoriyalar yordamida hujum tayyorlamoqda - Onishenko
Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari borligini tan oldi
Xitoy AQShdan Ukrainadagi biolaboratoriyalar haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashni talab qildi
Yangiliklar lentasi
0