Yevropa Ukrainani topshirmoqda – qismlab va butunligicha

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza.
Flagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna bo‘lish
Bu birlashgan Yevropa o‘zining omma oldigan bergan va’dalariga muvofiq yana uch million kishini qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Qator rad etishlardan so‘ng – “yo‘q, uchish taqiqlangan hududini o‘rnatmaymiz”, “yo‘q, biz sizni tezlashtirilgan jarayon bilan YeIga qabul qilmaymiz” – hozirgi Ukrainani o‘ynashga chorlashgan ham mo‘ljallangan maqsad, ham rolga aniqlik kiritildi.
Har bir teshikdar eshitalayotgan qo‘llab-quvvatlash qichqirishlariga qaramasdan, millionlar va milliardlar ajratilishi va o‘tkazilishi kerak bo‘lishiga qaramasdan, tan olish va ochiq aytish fursati keldi: Ukrainani aldashdi, kichik stulchada o‘tiraverishlarini aytishdi.
Lekin stulchada Kiyev hukumati o‘tiribdi. Unga ishonganlar, u uchun demokratik yo‘l bilan ovoz berganlar, binoidek soliq to‘lab kelganlar, uni maqtaganlar, bu mamlakatni sevmaganlar ham, birdek mamlakatdan chiqish yo‘lida paydo bo‘lib qolishdi. Ular bu hukumat tomonidan uloqtirildi. O‘z holiga tashlab qo‘yildi.
Bo‘lmasa, BMT fikriga ko‘ra, allaqachon qochoq bo‘lgan uch million kishi taqdirini qanday ta’riflash va baholash mumkin?
Unda shahar bog‘larida va tashlandiq avtotunellarda noqonuniy migrantlar chodir o‘rnatishi odatga aylanib qolgan birlashgan va badavlat Yevropa.
O‘zining fuqarolari oziq-ovqat xarid oldidan pulini tiyin tiyinigacha hisoblaydigan birlashgan Yevropa. Uning har bir davlatida inflatsiyaning yangi to‘lqini keladigan va o‘zining ortidan deyarli hamma narsa narxi oshishiga sababchi bo‘luvchi birlashgan Yevropa.
Bu birlashgan Yevropa o‘zining omma oldigan bergan va’dalariga muvofiq yana uch million kishini qabul qilishi kerak bo‘ladi. Ularni uy-joy, yegulik, ta’lim va tibbiyot bilan ta’minlashi zarur.
Qochoqlarning aksariyati ayollar, bolalar va qariyalar ekanini hisobga olsak, birlashgan Yevropaning har tomonlama jiddiy, muntazam cho‘ntagini kovlashga to‘g‘ri kelishi ayon bo‘ladi. Yana o‘sha Yevropaning soliq va pensiyaga chiqish yoshini oshirishiga to‘g‘ri keladi (hozir bu haqda gapirmayotgan bo‘lishsa, bunday bo‘lmasligini anglatmaydi).
Bo‘lmasa bo‘shab qolgan g‘aznani to‘ldirishning imkoni yo‘q, zero undan pandemiyaga bog‘liq mablag‘larni so‘rib olishgan, zero undan biznesni qo‘llash uchun mablag‘ ketgan.
Yoki Yevropa Markaziy bankining pul chop qiluvchi dastgohini to‘liq quvvatda ishga tushirishiga to‘g‘ri keladi, ya’ni inflatsiyani tezlashtiradi va bu narxlarning osmonga chiqishiga sabab bo‘ladi.
To‘g‘ri, aldangan, sho‘rpeshona bu million kishilarni qabul qilishning boshqa yo‘li ham bor.
Rossiyaga qarshi yaxshi qayralgan yolg‘on axborot kampaniyasi nafaqat Ukrainadagi harbiy operatsiyaning maqsad, mazmun va g‘oyasini qoralash, balki yevropaliklarni tish-tirnog‘igacha “qo‘zg‘atish” uchun ham tashkil etilgan.
Fransiya hukumati mamlakatning har bir aholisi “ko‘ngilli bo‘lib yozilishi” mumkin bo‘lgan internet platformani ishga tushirdi. Ixtiyoriy ravishda (aslida esa o‘ta kuchli bosim ostida) uy-joyini qochoqlarga taqdim etish, ixtiyoriy ravishda qochoqlarni Fransiya davlatining qog‘ozbozlik jahannami sari olib borish majburiyatini olish, ixtiyoriy ravishda til o‘qituvchisi bo‘lib ishlash (Fransiyada bu mehnat haqi o‘ta qimmat).
Sanayverib esing ketadi.
Aynan qanday va qay holatda ukrainalik qochoqlar qabul qilinishi, kim tomonidan va qachon, reportajlarda mana “Rejis va Monik uylaridagi ortiqcha xonani ikki bolali yosh onaga berishga qaror qilishdi” degan gaplarni etitish mumkin bo‘ladi.
U yerda har bir yordam uchun berilgan yoki boshqa mablag‘lar yevrotsentigacha hisob-kitob qilinadi. Bu slavan madaniyatida bo‘lgan oxirgi ko‘ylagini, oxirgi non ushog‘ini bo‘lishish kabilardan biroq farqlanadi.
Va Ukrainani tark etgan yoki tark etayotgan bu millionlarning bunga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi.
Ko‘p asrlar davomida to‘q yashashga o‘rgangan Yevropa (ham mustamlaka hisobidan, ham, aytgancha, uning chegarasi tashqarisida olib borilgan urush hisobidan) va hozir ehtiyotkorlik bilan hisoblab chiqmoqda, qayerda, qanday qilib va nimaning evaziga bu vaziyatdan pul ishlab olish mumkin.
Kiyevda buni tushina boshlashdimi? Qator belgilarga qaraganda, ha, boshlashdi. Bugun Yevropa “Xush kelibsiz, qochoqlar!” shiori bilan qabul qilayotganlar buni qachon anglab yetishlarini aytish qiyin. Lekin o‘z hukumati aybi bilan mamlakatidan ayrilgan o‘sha baxtiqarolar uchun Yevropaga bo‘lgan ishonch va xomxayol yo‘qolishi taqdirning yana bir zarbasi bo‘ladi.

Mavzuga oid:

Yevropa millatchilardan tozalanishdan qo‘rqadi
Ukrainlarni Stokgolm sindromidan qanday davolash mumkin
G‘arb Ukrainadan voz kechdi: endi nima bo‘ladi?
Zelenskiy: Ukraina NATOga qo‘shilmasligini tan olish zarur
Yangiliklar lentasi
0