Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaning Xerson viloyati to‘liq nazoratga olindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishSituatsiya na granitse Krima s Ukrainoy
Situatsiya na granitse Krima s Ukrainoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan butun Xerson viloyati ustidan nazorat o‘rnatildi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari maxsus operatsiya davomida Ukrainaning Xerson viloyatini to‘liq nazorat ostiga olishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari tomonidan butun Xerson viloyati ustidan nazorat o‘rnatildi”, - dedi Konashenkov brifing davomida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, DXR qo‘shinlari guruhi Ukraina millatchilarining mudofaasini yorib o‘tib, Panteleymonovka aholi punktini nazaratga olgan va Verxnetoreskoe — Novoselovka-2 chegaralariga chiqishgan.
Rossiya harbiylari 2-mart kuni Xersonning viloyat markazini to‘liq nazoratga olishgan edi. Shundan so‘ng shahar ma’muriyati bilan ijtimoiy obyektlar ishini qo‘llab-quvvatlash, aholini xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Shaharga gumanitar yordam keltirilgan va aholiga tarqatilmoqda.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0