https://oz.sputniknews.uz/20220315/ukrainadan-qaytgan-talabalar-oqishi-soddalashgan-tartibda-kochirilmoqda-23343756.html
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishi soddalashgan tartibda ko‘chirilmoqda
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishi soddalashgan tartibda ko‘chirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini 15-martdan e’tiboran soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi.
2022-03-15T15:09+0500
2022-03-15T15:09+0500
2022-03-15T15:09+0500
jamiyat
talabalar
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/351/50/3515027_0:179:3001:1867_1920x0_80_0_0_22329e58cd21786b3a6a90e89fa02ae8.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini 15-martdan soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, prezident raisligida 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.Shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta’lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro‘yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborilgan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina hududidan 5 884 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib chiqilgan. Ular orasida talabalar ham.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/351/50/3515027_136:0:2865:2047_1920x0_80_0_0_80bc66279c7cd58b29bdc409ab891434.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina talabalar o‘qishni ko‘chirish qayerga murojaat qilish kerak manzil telefon raqam
ukraina talabalar o‘qishni ko‘chirish qayerga murojaat qilish kerak manzil telefon raqam
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishi soddalashgan tartibda ko‘chirilmoqda
Qaytgan talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari mumkin.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini 15-martdan soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, prezident raisligida 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.
“Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va batafsil ma’lumot olishlari so‘raladi”, - deyilgan xabarda.
Shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta’lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro‘yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina hududidan 5 884 nafar O‘zbekiston fuqarosi
olib chiqilgan. Ular orasida talabalar ham.