https://oz.sputniknews.uz/20220315/shavkat-mirziyoev-serdar-berdimuhamedovni-saylovdagi-galabasi-bilan-tabrikladi-23342642.html
Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yetakchisi turkmanistonlik hamkasbini ham prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan. Serdar Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li, 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘il va uch qizning otas
2022-03-15T14:52+0500
2022-03-15T14:52+0500
2022-03-15T14:52+0500
siyosat
serdar berdimuhamedov
shavkat mirziyoyev
turkmaniston
tabrik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23339123_0:23:3000:1711_1920x0_80_0_0_fbadd565a7c4a508d723c9eb4a6d38ee.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning yangi saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni ham muhim siyosiy tadbir - prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.Turkmanistonda 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini to‘plab, ishonchli g‘alaba qozondi. Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan. Yangi saylangan prezidentning inauguratsiyasi 19-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Serdar Berdimuhamedov Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li, 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘il va uch qizning otasi.2001 yilda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini (muhandis-texnolog), 2011-yilda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Shveysariyada Xavfsizlik siyosati markazida (Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis) tahsil olgan.2001-2003 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 2003-2008 yillarda Davlat oziq-ovqat sanoati, 2008-2011-yillarda o‘qish davrida Turkmanistonning Moskvadagi elchisi maslahatchisi, 2011-2013-yillarda Turkmanistonning Jenevadagi doimiy vakili maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.2013-2017 yillarda TIVda Yevropa davlatlari bo‘limi boshlig‘i, neft va gaz obyektlarini ekspluatatsiya qilish davlat agentligi rahbari o‘rinbosari, TIV xalqaro teleradioeshittirish departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.2016 yildan deputat, qonunchilik bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari bo‘lgan. 2018-yildan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2019-yildan Axal viloyati hokimi, 2020-yilda Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri, 2021-yilda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.Xalqaro Axaltekin yilqichilik va “Turkman alabay” uyushmalari rahbari, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va it boquvchi.
https://oz.sputniknews.uz/20220118/prezident-serdar-berdimuhamedovni-qabul-qildi-22246159.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23339123_0:0:2663:1997_1920x0_80_0_0_13f03206220670deac2b496248028448.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev serdar berdimuhamedov haqida ma’lumot tabrik turkmaniston prezident saylovi 2022 turkmaniston prezidenti kim bo‘ldi
shavkat mirziyoyev serdar berdimuhamedov haqida ma’lumot tabrik turkmaniston prezident saylovi 2022 turkmaniston prezidenti kim bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
O‘zbekiston yetakchisi turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedovni ham prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning yangi saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov
xabar qildi.
O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni ham muhim siyosiy tadbir - prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.
Turkmanistonda 12-mart kuni
bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini to‘plab, ishonchli
g‘alaba qozondi. Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan. Yangi saylangan prezidentning inauguratsiyasi 19-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Serdar Berdimuhamedov Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li, 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘il va uch qizning otasi.
2001 yilda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini (muhandis-texnolog), 2011-yilda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Shveysariyada Xavfsizlik siyosati markazida (Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis) tahsil olgan.
2001-2003 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 2003-2008 yillarda Davlat oziq-ovqat sanoati, 2008-2011-yillarda o‘qish davrida Turkmanistonning Moskvadagi elchisi maslahatchisi, 2011-2013-yillarda Turkmanistonning Jenevadagi doimiy vakili maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2013-2017 yillarda TIVda Yevropa davlatlari bo‘limi boshlig‘i, neft va gaz obyektlarini ekspluatatsiya qilish davlat agentligi rahbari o‘rinbosari, TIV xalqaro teleradioeshittirish departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2016 yildan deputat, qonunchilik bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari bo‘lgan. 2018-yildan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2019-yildan Axal viloyati hokimi, 2020-yilda Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri, 2021-yilda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Xalqaro Axaltekin yilqichilik va “Turkman alabay” uyushmalari rahbari, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va it boquvchi.