O‘zbekistonda Rossiyaning 7 ta universiteti filiallari ochiladi

© Sputnik / Vladimir PesnyaZdanie Rossiyskogo Gosudarstvennogo meditsinskogo universiteta im. Pirogova v Moskve.
Zdanie Rossiyskogo Gosudarstvennogo meditsinskogo universiteta im. Pirogova v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Rossiya OTMlarida 48,7 ming o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning yana yettita universiteti filiallari ochiladi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya OTMlarida 48,7 ming o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda.
Yaqin yillarda Rossiyaning yana 7 ta universiteti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishni rejalashtirgan:
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyoti universiteti;
A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti (Texnologiya. Dizayn. San’at);
Shimoliy Kavkaz federal universiteti;
Samarqandda Rossiya davlat gumanitar universiteti;
Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti;
Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti;
Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universiteti.
O‘tgan yil noyabrida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir Abduqodir Toshqulov kelgusi 2022/2023-o‘quv yilida Rossiya hukumati tomonidan taqdim etilgan kvotalar soni 750 o‘rinni tashkil etishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi. Bu esa 2018-yilga nisbatan uch baravar ko‘p demakdir.
Yangiliklar lentasi
0