https://oz.sputniknews.uz/20220315/kievdan-nazar-ukraina-chindan-ham-denatsifikatsiyaga-muhtoj-23350419.html
Kiyevdan nazar: Ukraina chindan ham denatsifikatsiyaga muhtoj
Kiyevdan nazar: Ukraina chindan ham denatsifikatsiyaga muhtoj
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tomonidan Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya qilish (millatchilik g‘oyalardan tozalash) bo‘yicha boshlangan maxsus harbiy operatsiyaning uchinchi hafta oxirlarida (de-yure, bu hali urush
2022-03-15T22:05+0500
2022-03-15T22:05+0500
2022-03-15T22:05+0500
kolumnistlar
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23334453_672:527:2373:1484_1920x0_80_0_0_32ceda2d5d9f6fb8e9510ea2d2b25de7.jpg
Rossiya tomonidan Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya qilish (millatchilik g‘oyalardan tozalash) bo‘yicha boshlangan maxsus harbiy operatsiyaning uchinchi hafta oxirlarida (de-yure, bu hali urush emas, chunki hech bir tomon boshqa tomonga buni e’lon qilmagan) Kiyev shahardagi zarbalar bilan yaqinroq tanishdi. Ha, bungacha Kiyev aeroportlari, teleminora va uning dubleriga Rossiya qanotli raketalari tomonidan hujumlar bo‘lgan. Ha, shimoliy va shimoli-g‘arbiy shahar atroflarida (Gostomel, Bucha, Irpin va boshqalar) juda jiddiy janglar bo‘lgan. Ammo bularning barchasi Kiyevning turar-joy binolari, korxonalaridan uzoqda bo‘lgan. To‘g‘ri, ikkita vayron bo‘lgan turar-joy binosi bor edi, lekin ikkalasi ham mahalliy havoga qarshi mudofaadan - bir holatda ular uyni o‘zlarining raketalari bilan bog‘lab qo‘yishgan, ikkinchisida esa uyning tepasida shahar ustida uchib ketayotgan narsani otib tashlashgan.14 mart kuni erta tongda uchta "Kalibr" Antonov aviatsiya zavodiga uchib keldi. Keyinchalik, Rossiya Mudofaa vazirligi zavod hududida RSZO uchun o‘q-dorilar ombori mag‘lubiyatga uchraganligini e’lon qildi, ammo xuddi shu o‘q-dorilarning sochilgani kuzatilmadi, shuning uchun ombor barbod bo‘lgani haqiqat emas. Shuningdek, ularning e’lon qilgan joyni nishonga olgani ham haqiqat emas. Taxminan bir vaqtning o‘zida shahar shimolidagi Bogatirskaya ko‘chasi, 20-uyda joylashgan ko‘p qavatli uyga nimadir urildi. Ukraina Favqulodda davlat xizmati uyga artilleriya o‘qlari tushgani va ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Snarad bo‘lishi ham mumkin. Ammo o‘sha payt u bitta edi - yonida boshqa hech kim yo‘q edi. Biroz vaqt o‘tgach, Kiyev havoga qarshi mudofaasi Kurenevka hududida allanarsani urib tushirdi. Katta ehtimol bilan, kichkina narsa bo‘lishi mumkin, lekin voqea sodir bo‘lgan binoning bir nechta xonadonlari yonib ketgan.Biroz vaqt o‘tgach, Ukrainaning "Tochka-U" rusumidagi jangovar kallagi Doneskka zarba berdi. O‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi.Bu zarbaning o‘zi, albatta, mojaro kuchayishiga va Rossiyadan jiddiy javob choralariga sabab bo‘lar edi. G‘arbning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmining ko‘payishi fonida, birinchi navbatda Rinat Axmetovva boshqa Ukraina oligarxlari va tomonidan moliyalashtiriladigan G‘arb xususiy harbiy kompaniyalari xodimlarining ommaviy kelishi haqidagi mish-mishlar, Odessaga Bernard-Anri Levi kabi klassik liberal fashist va oshkora odamxo‘r va h.k ham – shunday bo‘lishi muqarrar edi. Darhaqiqat, Rossiya Mudofaa vazirligi o‘sha kuni kechqurun Ukraina harbiy-sanoat kompleksi omborlari va korxonalariga tungi hujumni e’lon qildi. Oqshom vaqti Shostkadagi Impuls zavodiga zarba berildi. Tongda, ko‘plab mudofaa korxonalariga hujumlar bo‘lgani haqida ma’lumot ham paydo bo‘lsa kerak. Agar Kiyev, Odessa va mamlakatning qolgan havo mudofaasining ko‘p qismi to‘plangan va Dnepr (Dnepropetrovsk) raketalarining bir qismini urib tushirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, boshqa joylarda zarbalar tirdagi o‘q otish mashg‘ulotlariga o‘xshaydi.Sodir bo‘layotgan voqealarga qaramay, Ukraina hukumati jamiyatning aksariyat qismida militaristik alangani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Va bu bugungi kunda “butun dunyo biz bilan” va frontdagi doimiy “g‘alabalar” degan ikkita postulatga asoslangan tashviqot tufayligina emas. Balki, aholining bu qismining “Biznichi? Nima sababdan” degan avvalgi eski ukrain savolini berishda davom etayotgani bilan bog‘liq.Sakkiz yil davomida frontga yaqin Donbassning turli xil jadallik bilan o‘qqa tutilganini eslatishga urinishlar samarasiz. Chunki to‘qnashuv chizig‘ining narigi tomonida jinoyatchilar (separatchilar, terrorchilar, rus yollanma askarlari) bor. Propaganda bu ma’lumotni ularning boshiga mahkam joylashtirgan. Faqat DXR va LXRda tinch aholi va bolalarning halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar umuman e’tiborsizlikka olindi, bepisand qaraldi. Ya’niki, bu Kreml hikoyalari emish.Yetti yil davomida Minsk-2 bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini Kiyev hukumati e’tiborsiz qoldirgani haqida gapirish umuman befoyda. Shartnomalar hajmi kichik, ammo Ukraina fuqarolarining 99,9 foizi uni o‘qimagan. Undan ko‘p foiz aholi Ukraina va YeI o‘rtasidagi Assotsiatsiya shartnomasini o‘qimagan. Va shuning uchun assotsiatsiya shartnomasida keltirilgani kabi hamma Yevropadagi kabi yashab ketishiga amin edi. Minsk-2, shartnomalarini esa birinchidan, Moskva tomoni bajarmayapti, ikkinchidan, esa bu Ukraina uchun yomon. Televizor shunday degan. Yaqinda so‘nggi so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, 60-70% foiz aholi Minsk-2ni Kiyev shartlariga ko‘ra qayta ko‘rib chiqish tarafdori. Nega? Chunki televizor shunday degan.Amerikaning Ukrainadagi biolaboratoriyalari haqida, Ukrainani G‘arb tomonidan harbiy rivojlantirish, tashqi nazorat, hatto Ukraina harbiy doktrinasida Rossiya yagona dushman deb atalgani haqida, ko‘pchilik biladi, lekin bularni ishonch bilan ichki masala deb hisoblaydi. Agar Meksika o‘zini shunday tutsa Qo‘shma Shtatlar nima qilgan bo‘lardi degan savolga javob "Axir, bu Qo‘shma Shtatlarku!" bo‘ladi.Denatsifikatsiya haqidagi tezis ham tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Albatta, besh-o‘n foiz Ukraina aholisi oshkora neonatsistlardir. Bundan tashqari, mahalliy neonatsizm ikkita oqimga ega: Xarkovga asoslangan “sof” neonatsizm va G‘arbga tayanadigan galisk bandera-natsizmi. Neonatsizm xayrixohlari bilan butun mamlakat bo‘ylab 15-20 foiz tarafdorlar chiqadi. Axir bu kam emas – aytaylik Uchinchi Reyxda, hamma ham SS yoki NSDAP a’zosi bo‘lmagan. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Ukrainada neonatsizmning bevosita va bilvosita muxlislari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.Ammo bundan ham yomoni, bu 15-20% davlat harakatlarini belgilab qo‘ygan va belgilashda davom etmoqda. Aynan ko‘p sonli natsist kollaboratsionistlari, shu jumladan qo‘llari tirsagigacha qon bo‘lganlarni ham qahramonlashtirish davlat darajasida amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Davlat darajasida mahalliy xalqlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, neonatsistlarning barcha belgilariga ega bo‘lgan madaniy-ma’rifiy masalalar kun tartibida ilgari surildi. Rus tili va rus madaniyatiga nisbatan kamsitish kuchayib borayotgani haqida gapirmasa ham bo‘ladi.Bularning barchasini faqat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlarida neonatsistlar ko‘pchilik bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. Bunga esa liberal –fashistlar manfaatlarini so‘zlagan "soroschalar" va boshqa “grant yeyuvchilar” tomonidan tegishli kun tartibini qo‘llab-quvvatlash orqali erishildi. Biroq qanday bo‘lmasin bu “ko‘pchilik” butun ukrain jamiyatida shakllandi!Natsistlarning ko‘plab jazosiz qolgan qotilliklari yoki Odessadagi Kasaba uyushmalari uyida o‘nlab odamlarning yoqib yuborilishidan tortib yashirin qamoqxonalar va harbiylashtirilgan tuzilmalari faoliyatigacha bo‘lgan rasmiylar tomonidan sodir etilgan turli xil vahshiyliklar va qonunbuzarliklar haqida nima deyish mumkin?! Afsuski, ukrain jamiyati aksariyat hollarda bunda hech qanday dahshatni ko‘rmaydi.Bir so‘z bilan aytganda, 2014-yildan beri o‘tgan sakkiz yil ichida Ukraina jamiyati haqiqatan ham o‘zgardi va afsuski yaxshi tomonga emas. Buni qanday qilib orqaga qaytarish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Rossiya rahbariyatining buni qanday amalga oshirish bo‘yicha tushunchalari va rejalari borligiga ishonishni istaydi kishi.Mavzuga oid:
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23334453_702:368:2323:1584_1920x0_80_0_0_046f1f66fc0474f6210424afd203df8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiyev ukraina maxsus operatsiya rossiya demilitarizatsiya denatsifikatsiya
kiyev ukraina maxsus operatsiya rossiya demilitarizatsiya denatsifikatsiya
Kiyevdan nazar: Ukraina chindan ham denatsifikatsiyaga muhtoj
Sakkiz yil davomida frontga yaqin Donbassning turli xil jadallik bilan o‘qqa tutilganini eslatishga urinishlar samarasiz.
Rossiya tomonidan Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya qilish (millatchilik g‘oyalardan tozalash) bo‘yicha boshlangan maxsus harbiy operatsiyaning uchinchi hafta oxirlarida (de-yure, bu hali urush emas, chunki hech bir tomon boshqa tomonga buni e’lon qilmagan) Kiyev shahardagi zarbalar bilan yaqinroq tanishdi. Ha, bungacha Kiyev aeroportlari, teleminora va uning dubleriga Rossiya qanotli raketalari tomonidan hujumlar bo‘lgan. Ha, shimoliy va shimoli-g‘arbiy shahar atroflarida (Gostomel, Bucha, Irpin va boshqalar) juda jiddiy janglar bo‘lgan. Ammo bularning barchasi Kiyevning turar-joy binolari, korxonalaridan uzoqda bo‘lgan. To‘g‘ri, ikkita vayron bo‘lgan turar-joy binosi bor edi, lekin ikkalasi ham mahalliy havoga qarshi mudofaadan - bir holatda ular uyni o‘zlarining raketalari bilan bog‘lab qo‘yishgan, ikkinchisida esa uyning tepasida shahar ustida uchib ketayotgan narsani otib tashlashgan.
14 mart kuni erta tongda uchta "Kalibr" Antonov aviatsiya zavodiga uchib keldi. Keyinchalik, Rossiya Mudofaa vazirligi zavod hududida RSZO uchun o‘q-dorilar ombori mag‘lubiyatga uchraganligini e’lon qildi, ammo xuddi shu o‘q-dorilarning sochilgani kuzatilmadi, shuning uchun ombor barbod bo‘lgani haqiqat emas. Shuningdek, ularning e’lon qilgan joyni nishonga olgani ham haqiqat emas. Taxminan bir vaqtning o‘zida shahar shimolidagi Bogatirskaya ko‘chasi, 20-uyda joylashgan ko‘p qavatli uyga nimadir urildi. Ukraina Favqulodda davlat xizmati uyga artilleriya o‘qlari tushgani va ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Snarad bo‘lishi ham mumkin. Ammo o‘sha payt u bitta edi - yonida boshqa hech kim yo‘q edi. Biroz vaqt o‘tgach, Kiyev havoga qarshi mudofaasi Kurenevka hududida allanarsani urib tushirdi. Katta ehtimol bilan, kichkina narsa bo‘lishi mumkin, lekin voqea sodir bo‘lgan binoning bir nechta xonadonlari yonib ketgan.
Biroz vaqt o‘tgach, Ukrainaning "Tochka-U" rusumidagi jangovar kallagi Doneskka zarba berdi. O‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi.
Bu zarbaning o‘zi, albatta, mojaro kuchayishiga va Rossiyadan jiddiy javob choralariga sabab bo‘lar edi. G‘arbning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmining ko‘payishi fonida, birinchi navbatda Rinat Axmetovva boshqa Ukraina oligarxlari va tomonidan moliyalashtiriladigan G‘arb xususiy harbiy kompaniyalari xodimlarining ommaviy kelishi haqidagi mish-mishlar, Odessaga Bernard-Anri Levi kabi klassik liberal fashist va oshkora odamxo‘r va h.k ham – shunday bo‘lishi muqarrar edi. Darhaqiqat, Rossiya Mudofaa vazirligi o‘sha kuni kechqurun Ukraina harbiy-sanoat kompleksi omborlari va korxonalariga tungi hujumni e’lon qildi. Oqshom vaqti Shostkadagi Impuls zavodiga zarba berildi. Tongda, ko‘plab mudofaa korxonalariga hujumlar bo‘lgani haqida ma’lumot ham paydo bo‘lsa kerak. Agar Kiyev, Odessa va mamlakatning qolgan havo mudofaasining ko‘p qismi to‘plangan va Dnepr (Dnepropetrovsk) raketalarining bir qismini urib tushirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, boshqa joylarda zarbalar tirdagi o‘q otish mashg‘ulotlariga o‘xshaydi.
Sodir bo‘layotgan voqealarga qaramay, Ukraina hukumati jamiyatning aksariyat qismida militaristik alangani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Va bu bugungi kunda “butun dunyo biz bilan” va frontdagi doimiy “g‘alabalar” degan ikkita postulatga asoslangan tashviqot tufayligina emas. Balki, aholining bu qismining “Biznichi? Nima sababdan” degan avvalgi eski ukrain savolini berishda davom etayotgani bilan bog‘liq.
Sakkiz yil davomida frontga yaqin Donbassning turli xil jadallik bilan o‘qqa tutilganini eslatishga urinishlar samarasiz. Chunki to‘qnashuv chizig‘ining narigi tomonida jinoyatchilar (separatchilar, terrorchilar, rus yollanma askarlari) bor. Propaganda bu ma’lumotni ularning boshiga mahkam joylashtirgan. Faqat DXR va LXRda tinch aholi va bolalarning halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar umuman e’tiborsizlikka olindi, bepisand qaraldi. Ya’niki, bu Kreml hikoyalari emish.
Yetti yil davomida Minsk-2 bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini Kiyev hukumati e’tiborsiz qoldirgani haqida gapirish umuman befoyda. Shartnomalar hajmi kichik, ammo Ukraina fuqarolarining 99,9 foizi uni o‘qimagan. Undan ko‘p foiz aholi Ukraina va YeI o‘rtasidagi Assotsiatsiya shartnomasini o‘qimagan. Va shuning uchun assotsiatsiya shartnomasida keltirilgani kabi hamma Yevropadagi kabi yashab ketishiga amin edi. Minsk-2, shartnomalarini esa birinchidan, Moskva tomoni bajarmayapti, ikkinchidan, esa bu Ukraina uchun yomon. Televizor shunday degan. Yaqinda so‘nggi so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, 60-70% foiz aholi Minsk-2ni Kiyev shartlariga ko‘ra qayta ko‘rib chiqish tarafdori. Nega? Chunki televizor shunday degan.
Amerikaning Ukrainadagi biolaboratoriyalari haqida, Ukrainani G‘arb tomonidan harbiy rivojlantirish, tashqi nazorat, hatto Ukraina harbiy doktrinasida Rossiya yagona dushman deb atalgani haqida, ko‘pchilik biladi, lekin bularni ishonch bilan ichki masala deb hisoblaydi. Agar Meksika o‘zini shunday tutsa Qo‘shma Shtatlar nima qilgan bo‘lardi degan savolga javob "Axir, bu Qo‘shma Shtatlarku!" bo‘ladi.
Denatsifikatsiya haqidagi tezis ham tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Albatta, besh-o‘n foiz Ukraina aholisi oshkora neonatsistlardir. Bundan tashqari, mahalliy neonatsizm ikkita oqimga ega: Xarkovga asoslangan “sof” neonatsizm va G‘arbga tayanadigan galisk bandera-natsizmi. Neonatsizm xayrixohlari bilan butun mamlakat bo‘ylab 15-20 foiz tarafdorlar chiqadi. Axir bu kam emas – aytaylik Uchinchi Reyxda, hamma ham SS yoki NSDAP a’zosi bo‘lmagan. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Ukrainada neonatsizmning bevosita va bilvosita muxlislari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Ammo bundan ham yomoni, bu 15-20% davlat harakatlarini belgilab qo‘ygan va belgilashda davom etmoqda. Aynan ko‘p sonli natsist kollaboratsionistlari, shu jumladan qo‘llari tirsagigacha qon bo‘lganlarni ham qahramonlashtirish davlat darajasida amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Davlat darajasida mahalliy xalqlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, neonatsistlarning barcha belgilariga ega bo‘lgan madaniy-ma’rifiy masalalar kun tartibida ilgari surildi. Rus tili va rus madaniyatiga nisbatan kamsitish kuchayib borayotgani haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Bularning barchasini faqat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlarida neonatsistlar ko‘pchilik bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. Bunga esa liberal –fashistlar manfaatlarini so‘zlagan "soroschalar" va boshqa “grant yeyuvchilar” tomonidan tegishli kun tartibini qo‘llab-quvvatlash orqali erishildi. Biroq qanday bo‘lmasin bu “ko‘pchilik” butun ukrain jamiyatida shakllandi!
Natsistlarning ko‘plab jazosiz qolgan qotilliklari yoki Odessadagi Kasaba uyushmalari uyida o‘nlab odamlarning yoqib yuborilishidan tortib yashirin qamoqxonalar va harbiylashtirilgan tuzilmalari faoliyatigacha bo‘lgan rasmiylar tomonidan sodir etilgan turli xil vahshiyliklar va qonunbuzarliklar haqida nima deyish mumkin?! Afsuski, ukrain jamiyati aksariyat hollarda bunda hech qanday dahshatni ko‘rmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, 2014-yildan beri o‘tgan sakkiz yil ichida Ukraina jamiyati haqiqatan ham o‘zgardi va afsuski yaxshi tomonga emas. Buni qanday qilib orqaga qaytarish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Rossiya rahbariyatining buni qanday amalga oshirish bo‘yicha tushunchalari va rejalari borligiga ishonishni istaydi kishi.