https://oz.sputniknews.uz/20220315/fashizm-donetsk-markaziga-kassetali-raketa-zarbasi-tafsilotlari--video-23348132.html
Fashizm: Donesk markaziga kassetali raketa zarbasi tafsilotlari – video
Fashizm: Donesk markaziga kassetali raketa zarbasi tafsilotlari – video
Sputnik O‘zbekiston
Donesk markaziga kassetali raketa bilan berilgan zarba 20 nafar tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik ushbu zarbaning yanada dahshatli tafsilotlari... 15.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-15T17:52+0500
2022-03-15T17:52+0500
2022-03-15T17:58+0500
ukraina
dnr
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23346501_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_27e7245774c4a25b0f458c070ae363d9.jpg
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Kecha, 14-mart kuni soat 11:30 da Donesk shahri markaziga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa zarbasi berildi. Zarba oqibatida 20 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi, 35 nafari jarohatlandi.Harbiylar aytishiga ko‘ra, bu “Tochka-U” nomli raketa bo‘lib, u kassetali jangovar qismlardan iborat bo‘lgan. Kassetali qurollar dushmanning tirik jonini yo‘l qilishga qaratilgan bo‘lib, birdaniga necha ming kishini yo‘q qilishi mumkin. Shu sababdan bunday qurollar xalqaro konvetsiyalar tomonidan ta’qiqlangan.Qirg‘in quroli“Tochka-U” sovet davrida 1980-yillar oxirida ishlab chiqilgan raketa. U statsionar yoki avtomobil shassisiga o‘rnatilishi mumkin. Raketa zarba berish masofasi 15-120 km. Bitta raketa ichiga 50tagacha kasseta o‘rnatilishi mumkin. Har bir kassetada 300ta yaqin temir parchalari joylashtiriladi. Xullas, “Tochka-U” 40-50 gektar maydonni bir necha soniyada qabristonga aylantirishi mumkin.Hujjatlarga ko‘ra, Ittifoq tarqalganda Ukraina armiyasida 90ta raketa uchirish moslamasi va 800ga yaqin raketa bo‘lgan. So‘nggi yillarda Ukraina ularni modernizatsiya qilgan.Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu raketa millatchi batalonlar qo‘l ostida bo‘lgan Krasnoarmeysk aholi punkti hududidan uchirilgan.Donesk Xalq Respublikasi prezidenti Denis Pushilin aytishiga ko‘ra, raketa Donesk shahri ma’muriyati binosi oldidagi maydonni nishonga olgan bo‘lgan. DXR havo mudofaa kuchlari raketani tutib olishi natijasida u biroz nishonga yetib bormagan. Raketaga joylashtirilgan kassetalar ham faqat qisman portlagan. Aks holda qurbonlar soni bir necha yuz kishi bo‘lishi mumkin edi.Raketa Donesk markaziga biroz yetmay, Universitetskaya ko‘chasiga, bank binosiga yaqin joyda portlagan. Shu sababli aksariyat qurobonlar bankka kommunal to‘lov amalga oshirish uchun kelgan pensiya yoshidagi fuqarolar bo‘lgan.Haqiqiy fashizmRossiya prezidenti, Mudofaa vazirligi hech qanday harbiy bo‘linmalar joylashtirilmagan, tinch aholi yashaydigan shahar markaziga berilgan ushbu zarbani – harbiy jinoyat deb atadi.Bir necha soat o‘tib, ushbu dahshatli zarbaning “odamxo‘r fashizmga” xos bo‘lgan ayrim detallari ma’lum bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, zarbadan bir necha kun oldin, kimdir “Soyuz materey Donbassa” nomli guruh ochib, farzandlari, turmush o‘rtog‘i urushga ketgan ayollarni 14-mart kuni soat 12:00 ga shahar ma’muriyati oldida to‘planishga chaqirgan. Guruhdagi “faollari” DXR rahbariyatidan ayni damda harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan yaqinlari haqida ma’lumot olishni va’da berishgan.Doneskka berilgan zarbadan bir necha soat, hatto bir kun o‘tib ham o‘zining “demokratik qarashlari” va obyektivligini har qadamda ro‘kach qiladigan G‘arb OAVlarida tinch aholiga berilgan ushbu zarba, terrorchilik harakati haqida lom mim demadi. BBC, CNN, Die Zeit, BILD, Frankfurter Allgemeine – birortasi lom-mim degani yo‘q.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Video RIA Novosti. Basurin na meste padeniya raketi v Doneske
Sputnik O‘zbekiston
V Doneske srabotala odna kasseta zarada raketi "Tochka-U", zayavil Basurin
2022-03-15T17:52+0500
true
PT2M03S
Moment padeniya "Tochki-U" v sentre Doneska
Sputnik O‘zbekiston
Moment padeniya «Tochki-U” v sentre Doneska popal na kameri videonablyudeniya
2022-03-15T17:52+0500
true
PT0M10S
Pushilin pochtil pamat pogibshix jiteley Doneska
Sputnik O‘zbekiston
V ponedelnik u Doma pravitelstva v sentre Doneska bila sbita ukrainskaya raketa "Tochka-U". Jertvami raketnogo udara stal 21 chelovek, yeshe 36 poluchili raneniya. Pushilin, v tot je den pribivshiy na mesto tragedii, zayavil, chto raketa bila snarajena kassetnimi boyepripasami.
2022-03-15T17:52+0500
true
PT0M42S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23346501_215:0:1175:720_1920x0_80_0_0_40a967ddeb384032739a36953f8a5412.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, dnr
Fashizm: Donesk markaziga kassetali raketa zarbasi tafsilotlari – video
17:52 15.03.2022 (yangilandi: 17:58 15.03.2022) Donesk markaziga kassetali raketa bilan berilgan zarba 20 nafar tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik ushbu zarbaning yanada dahshatli tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Kecha, 14-mart kuni soat 11:30 da Donesk shahri markaziga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa zarbasi berildi. Zarba oqibatida 20 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi, 35 nafari jarohatlandi.
Harbiylar aytishiga ko‘ra, bu “Tochka-U” nomli raketa bo‘lib, u kassetali jangovar qismlardan iborat bo‘lgan. Kassetali qurollar dushmanning tirik jonini yo‘l qilishga qaratilgan bo‘lib, birdaniga necha ming kishini yo‘q qilishi mumkin. Shu sababdan bunday qurollar xalqaro konvetsiyalar tomonidan ta’qiqlangan.
“Tochka-U” sovet davrida 1980-yillar oxirida ishlab chiqilgan raketa. U statsionar yoki avtomobil shassisiga o‘rnatilishi mumkin. Raketa zarba berish masofasi 15-120 km. Bitta raketa ichiga 50tagacha kasseta o‘rnatilishi mumkin. Har bir kassetada 300ta yaqin temir parchalari joylashtiriladi. Xullas, “Tochka-U” 40-50 gektar maydonni bir necha soniyada qabristonga aylantirishi mumkin.
Hujjatlarga ko‘ra, Ittifoq tarqalganda Ukraina armiyasida 90ta raketa uchirish moslamasi va 800ga yaqin raketa bo‘lgan. So‘nggi yillarda Ukraina ularni modernizatsiya qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu raketa millatchi batalonlar qo‘l ostida bo‘lgan Krasnoarmeysk aholi punkti hududidan uchirilgan.
Donesk Xalq Respublikasi prezidenti Denis Pushilin aytishiga ko‘ra, raketa Donesk shahri ma’muriyati binosi oldidagi maydonni nishonga olgan bo‘lgan. DXR havo mudofaa kuchlari raketani tutib olishi natijasida u biroz nishonga yetib bormagan. Raketaga joylashtirilgan kassetalar ham faqat qisman portlagan. Aks holda qurbonlar soni bir necha yuz kishi bo‘lishi mumkin edi.
Raketa Donesk markaziga biroz yetmay, Universitetskaya ko‘chasiga, bank binosiga yaqin joyda portlagan. Shu sababli aksariyat qurobonlar bankka kommunal to‘lov amalga oshirish uchun kelgan pensiya yoshidagi fuqarolar bo‘lgan.
Rossiya prezidenti, Mudofaa vazirligi hech qanday harbiy bo‘linmalar joylashtirilmagan, tinch aholi yashaydigan shahar markaziga berilgan ushbu zarbani – harbiy jinoyat deb atadi.
Bir necha soat o‘tib, ushbu dahshatli zarbaning “odamxo‘r fashizmga” xos bo‘lgan ayrim detallari ma’lum bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, zarbadan bir necha kun oldin, kimdir “Soyuz materey Donbassa” nomli guruh ochib, farzandlari, turmush o‘rtog‘i urushga ketgan ayollarni 14-mart kuni soat 12:00 ga shahar ma’muriyati oldida to‘planishga chaqirgan. Guruhdagi “faollari” DXR rahbariyatidan ayni damda harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan yaqinlari haqida ma’lumot olishni va’da berishgan.
Doneskka berilgan zarbadan bir necha soat, hatto bir kun o‘tib ham o‘zining “demokratik qarashlari” va obyektivligini har qadamda ro‘kach qiladigan G‘arb OAVlarida tinch aholiga berilgan ushbu zarba, terrorchilik harakati haqida lom mim demadi. BBC, CNN, Die Zeit, BILD, Frankfurter Allgemeine – birortasi lom-mim degani yo‘q.