https://oz.sputniknews.uz/20220314/yogingarchilik-qishloq-xojaligi-ekinlariga-qanday-tasir-qiladi-23325278.html
Tinimsiz yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi ekinlariga qanday ta’sir qiladi
Tinimsiz yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi ekinlariga qanday ta’sir qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yog‘ingarchilik boshoqli don, chigit yetishtirish, bog‘ va tokzorlarga o‘zining ijobiy va salbiy ta’siri ko‘rsatadi.
2022-03-14T19:39+0500
2022-03-14T19:39+0500
2022-03-14T19:49+0500
jamiyat
yomg‘ir
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23171571_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_c89f339deb6c90c02eed2761ba6179ad.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yog‘ingarchilik boshoqli don, chigit yetishtirish, bog‘ va tokzorlarga o‘zining ijobiy va salbiy ta’siri ko‘rsatadi. Bu haqda AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.Ta’kidlanishicha, mart oyining birinchi o‘n besh kunligida tuproqning 10 sm chuqurligida harorat o‘rtacha 7 daraja iliqni ko‘rsatgan. Ya’ni ertalab soat 5 da 6 daraja, kech soat 17 da 8 darajaga teng bo‘lgan.Boshoqli don yetishtirishOg‘ingarchilik miqdorining ko‘p bo‘lishi o‘simlikka berilgan azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning to‘liq o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi hamda tuproqda namlik zahirasi to‘planadi.Parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlari hamda lalmikor hududlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sadi va rivojlanadi.Tuproqda namlikning yetarli bo‘lishi va havo haroratining past bo‘lishi, boshoqli don ekinlarining qo‘shimcha poya hosil qilishiga sabab bo‘ladi.Tuproqning haydov qatlami namga to‘yinadi, g‘alla maydonlarining har gektariga bir marta sug‘orish uchun sarflanadigan 750-900 metr kub suv iqtisod qilinadi. Buning hisobiga suv omborlariga yillik iste’mol uchun suv zaxiralari yig‘iladi.Qishloq xo‘jaligi ekinlariG‘alla maydonlarida erta bahorgi azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan bo‘lsa rivoji tezlashadi, ammo ozuqa yetarli bo‘lmagan maydonlarda g‘alla nihollarining rivoji susayadi hamda unib o‘sishga quvvat yetmaganidan sarg‘ayib ketish ehtimoli mavjud.Erta bahorda havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lib, o‘rtacha kunlik havo harorati 7-15 daraja iliq bo‘lganda, sariq zang kasalligi, agar ushbu namlikda o‘rtacha kunlik havo harorati 15-25 daraja bo‘lganda esa qo‘ng‘ir zang kasalligi keng tarqalishiga sharoit yaratiladi.Serog‘in kelgan yillarda g‘allazorlarda zamburug‘li kasalliklar (sariq va qo‘ng‘ir zang, un shudring, septarioz, ildiz chirish) keng tarqalishi ko‘p yillik tajribalarda kuzatilgan.Erta bahordagi yetarli namlik va nisbatan issiq ob-havo g‘allazorlarda begona o‘tlarning jadal rivojlanishiga olib keladi.G‘alla maydonlarida sug‘orishni tartibga solish lozim. E’tiborsizlik oqibatiga g‘alla maydonlarida zamburug‘li kasalliklar va turli xil begona o‘tlar rivojlanishi mumkin.Sizot suvlari yaqin joylashgan hamda havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan hududlarda kasalliklarning oldini olish uchun doimiy kuzatuv ishlari olib boriladi.Respublika hududlarida bugungi kun sharoitida, g‘allachilikdagi zararni oldini olish maqsadida zang va boshqa kasalliklarga, begona o‘tlarga hamda zararkunanda hashoratlarga qarshi kimoviy kurashish uchun 1,5-2 marta to‘liq ishlov berishga yetarli kimoviy vositalar zahirasi yaratilgan. Dalaga chiqish imkoniyati bo‘lishi bilan g‘alla maydonlarida to‘liq profilaktik ishlov berish ishlari amalga oshiriladi.Chigit ekishTuproqda namlikning meyordan ko‘p to‘planishi chigit ekiladigan maydonlarda tuproqning namlik rejimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, chigit ekish uchun kuzda shudgor qilib qo‘yilgan maydonlarda yerda namlik zahirasi oshib, chigitni tuproqning tabiiy namligida undirib olish imkonini beradi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryoviloyatlarining 440 ming gektardan ortiq paxta maydonlarida yomg‘ir suvlaridan sho‘r yuvish ishlarida foydalanish yaxshi samara beradi.Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 332 ming gektar pushta olib, nam suvi berib chigit ekiladigan Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand vaNavoiy viloyatlari hududlarida kuzda va erta bahorda olib qo‘yilgan pushtalar yomg‘ir suvi bilan to‘lib, tabiiy namlik zaxirasi yaratiladi.Bunday paytlarda chigit ekishda dehqon va fermerlar, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan olim va mutaxassislar tavsiyalariga hamda ilg‘or tajribalariga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari kerak bo‘ladi.Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ushbu yog‘ingarchiliklardan keyin har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib chigit ekishga yer tayyorlash va chigit ekishni optimal muddatlarda hamda sifatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.Bahorning iliq kunlarida chigit ekish ishlari bir kunga kechiktirilsa tuproqning 1 sm dagi namligi, agar 3-4 kunga kechiktirilsa 3-4 smqatlamidagi namlik ko‘tarilib (bug‘lanib) ketadi.Mevali bog‘ va daraxtlar hamda tokzorlarRespulikada barcha toifa xo‘jaliklarida jami 337 ming gektar bog‘lar va 182 ming gektar uzumzorlar mavjud. Tinimsiz har kuni yog‘ayotgan yomg‘ir bugungi kunda gullash fazasiga kirgan o‘rik, shaftoli, bodom bog‘lari hosildorligiga zarar yetkazmaydi. Faqat changlanish muddatini sekinlashtirishi mumkin. Qolgan mevali bog‘lar bugungi kunda gullash fazasida emasligi sababli zarari kuzatilmaydi.2020- 2021-yilda yangi barpo etilgan 88 ming gektar mevali bog‘lar va 75 ming gektar uzumzorlarga tuproqdagi namlik hisobiga ildiz tizimi yaxshi rivojlanishiga katta foydasi bor. Ayniqsa lalmi yerlarda parvarishlanayotgan bog‘larning yer osti suvlarining zaxirasi ta’minlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23171571_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bb75b63e724ad45dd649308235bba7cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi zarar ijobiy salbiy ta’sir
yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi zarar ijobiy salbiy ta’sir
Tinimsiz yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi ekinlariga qanday ta’sir qiladi
19:39 14.03.2022 (yangilandi: 19:49 14.03.2022) Har kuni yog‘ayotgan yomg‘ir boshoqli don yetishtirishda, bog‘ va tokzorlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yog‘ingarchilik boshoqli don, chigit yetishtirish, bog‘ va tokzorlarga o‘zining ijobiy va salbiy ta’siri ko‘rsatadi. Bu haqda AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayeva ishtirokida
o‘tkazilgan brifingda
ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, mart oyining birinchi o‘n besh kunligida tuproqning 10 sm chuqurligida harorat o‘rtacha 7 daraja iliqni ko‘rsatgan. Ya’ni ertalab soat 5 da 6 daraja, kech soat 17 da 8 darajaga teng bo‘lgan.
Boshoqli don yetishtirish
Yog‘ingarchilik miqdorining ko‘p bo‘lishi o‘simlikka berilgan azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning to‘liq o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi hamda tuproqda namlik zahirasi to‘planadi.
Parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlari hamda lalmikor hududlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sadi va rivojlanadi.
Tuproqda namlikning yetarli bo‘lishi va havo haroratining past bo‘lishi, boshoqli don ekinlarining qo‘shimcha poya hosil qilishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqning haydov qatlami namga to‘yinadi, g‘alla maydonlarining har gektariga bir marta sug‘orish uchun sarflanadigan 750-900 metr kub suv iqtisod qilinadi. Buning hisobiga suv omborlariga yillik iste’mol uchun suv zaxiralari yig‘iladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari
G‘alla maydonlarida erta bahorgi azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan bo‘lsa rivoji tezlashadi, ammo ozuqa yetarli bo‘lmagan maydonlarda g‘alla nihollarining rivoji susayadi hamda unib o‘sishga quvvat yetmaganidan sarg‘ayib ketish ehtimoli mavjud.
Erta bahorda havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lib, o‘rtacha kunlik havo harorati 7-15 daraja iliq bo‘lganda, sariq zang kasalligi, agar ushbu namlikda o‘rtacha kunlik havo harorati 15-25 daraja bo‘lganda esa qo‘ng‘ir zang kasalligi keng tarqalishiga sharoit yaratiladi.
Serog‘in kelgan yillarda g‘allazorlarda zamburug‘li kasalliklar (sariq va qo‘ng‘ir zang, un shudring, septarioz, ildiz chirish) keng tarqalishi ko‘p yillik tajribalarda kuzatilgan.
Erta bahordagi yetarli namlik va nisbatan issiq ob-havo g‘allazorlarda begona o‘tlarning jadal rivojlanishiga olib keladi.
G‘alla maydonlarida sug‘orishni tartibga solish lozim. E’tiborsizlik oqibatiga g‘alla maydonlarida zamburug‘li kasalliklar va turli xil begona o‘tlar rivojlanishi mumkin.
Sizot suvlari yaqin joylashgan hamda havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan hududlarda kasalliklarning oldini olish uchun doimiy kuzatuv ishlari olib boriladi.
Respublika hududlarida bugungi kun sharoitida, g‘allachilikdagi zararni oldini olish maqsadida zang va boshqa kasalliklarga, begona o‘tlarga hamda zararkunanda hashoratlarga qarshi kimoviy kurashish uchun 1,5-2 marta to‘liq ishlov berishga yetarli kimoviy vositalar zahirasi yaratilgan. Dalaga chiqish imkoniyati bo‘lishi bilan g‘alla maydonlarida to‘liq profilaktik ishlov berish ishlari amalga oshiriladi.
Tuproqda namlikning meyordan ko‘p to‘planishi chigit ekiladigan maydonlarda tuproqning namlik rejimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, chigit ekish uchun kuzda shudgor qilib qo‘yilgan maydonlarda yerda namlik zahirasi oshib, chigitni tuproqning tabiiy namligida undirib olish imkonini beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryoviloyatlarining 440 ming gektardan ortiq paxta maydonlarida yomg‘ir suvlaridan sho‘r yuvish ishlarida foydalanish yaxshi samara beradi.
Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 332 ming gektar pushta olib, nam suvi berib chigit ekiladigan Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand vaNavoiy viloyatlari hududlarida kuzda va erta bahorda olib qo‘yilgan pushtalar yomg‘ir suvi bilan to‘lib, tabiiy namlik zaxirasi yaratiladi.
Bunday paytlarda chigit ekishda dehqon va fermerlar, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan olim va mutaxassislar tavsiyalariga hamda ilg‘or tajribalariga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari kerak bo‘ladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ushbu yog‘ingarchiliklardan keyin har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib chigit ekishga yer tayyorlash va chigit ekishni optimal muddatlarda hamda sifatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Bahorning iliq kunlarida chigit ekish ishlari bir kunga kechiktirilsa tuproqning 1 sm dagi namligi, agar 3-4 kunga kechiktirilsa 3-4 smqatlamidagi namlik ko‘tarilib (bug‘lanib) ketadi.
Mevali bog‘ va daraxtlar hamda tokzorlar
Respulikada barcha toifa xo‘jaliklarida jami 337 ming gektar bog‘lar va 182 ming gektar uzumzorlar mavjud. Tinimsiz har kuni yog‘ayotgan yomg‘ir bugungi kunda gullash fazasiga kirgan o‘rik, shaftoli, bodom bog‘lari hosildorligiga zarar yetkazmaydi. Faqat changlanish muddatini sekinlashtirishi mumkin. Qolgan mevali bog‘lar bugungi kunda gullash fazasida emasligi sababli zarari kuzatilmaydi.
2020- 2021-yilda yangi barpo etilgan 88 ming gektar mevali bog‘lar va 75 ming gektar uzumzorlarga tuproqdagi namlik hisobiga ildiz tizimi yaxshi rivojlanishiga katta foydasi bor. Ayniqsa lalmi yerlarda parvarishlanayotgan bog‘larning yer osti suvlarining zaxirasi ta’minlanadi.