Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina prezidenti ofisi Rossiya bilan navbatdagi muzokaralar mavzusini ochiqladi

© Sputnik / BelTA / Mediabankka o‘tishRossiysko-ukrainskie peregovori v Belarusi
Rossiysko-ukrainskie peregovori v Belarusi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna bo‘lish
To‘rtinchi raudda o‘t ochishni bas qilish, qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqish va xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya bilan muzokaralarning to‘rtinchi raundida qaysi mavzular muhokama qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.
“Muzokaralar – to‘rtinchi raund. Sulh, o‘t ochishni bas qilish, qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqish va xavfsizlik kafolatlari haqida. Qiyin suhbat”, - deya yozdi Podolyak Telegram kanalida.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina delegatsiyalari muzokaralari 14-mart kuni videoaloqa ko‘rinishida davom ettirilishini ma’lum qilgan edi.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarusda uch marta muzokaralar o‘tkazishdi. Bundan tashqari, 10-mart kuni Antaliyadagi Diplomatik forum davomida Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba uchrashishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0