https://oz.sputniknews.uz/20220314/qozogiston-23313253.html
Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 11 o‘zbekistonlikka qarshi jinoiy ish ochilgan
Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 11 o‘zbekistonlikka qarshi jinoiy ish ochilgan
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 19 nafar chet ellik fuqarolarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ulardan 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari.
2022-03-14T13:14+0500
2022-03-14T13:14+0500
2022-03-14T13:14+0500
dunyoda
qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23313152_0:5:1262:715_1920x0_80_0_0_c5eba16a1d8e37fea1c21b06c79f31f8.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 19 nafar chet ellik fuqarolarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasining jinoiy ta’qib xizmati boshlig‘i Serik Shalabayev ma’lum qildi.Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning harakatlari ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilik faktlari bo‘yicha baholanmoqda.“Hali tergov olib borilmoqda, o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi u.2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, ular qatnashchilari politsiya va harbiylarga hujum qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atab, KXShTga yordam so‘rab murojaat qildi. 7-yanvarga kelib vaziyatni izga solishga erishildi, 19-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealar natijasida 230 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23313152_151:0:1111:720_1920x0_80_0_0_7215648679150cef10765e7302b7fea0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston ommaviy tartibsizlik yanvar voqealari o‘zbekistonliklar
qozog‘iston ommaviy tartibsizlik yanvar voqealari o‘zbekistonliklar
Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 11 o‘zbekistonlikka qarshi jinoiy ish ochilgan
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumon qilinishmoqda.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 19 nafar chet ellik fuqarolarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasining jinoiy ta’qib xizmati boshlig‘i Serik Shalabayev
ma’lum qildi. “Jinoiy ish yuritishida 19 nafar xorijlik bor. Ular orasidagi 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari, to‘rt nafari Rossiya, ikki nafari Qirg‘iziston va bir nafardan Xitoy va Tojikiston fuqarolari”, - dedi Shalabayev parlamentning quyi palatasidagi yig‘ilishda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning harakatlari ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilik faktlari bo‘yicha baholanmoqda.
“Hali tergov olib borilmoqda, o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi u.
2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda
ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, ular qatnashchilari politsiya va harbiylarga hujum qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atab, KXShTga yordam so‘rab murojaat qildi. 7-yanvarga kelib vaziyatni izga solishga erishildi, 19-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealar natijasida 230 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan.