https://oz.sputniknews.uz/20220314/navroz-bayramida-ichki-sayohatlar-uchun-chegirmalar-beriladi-23318724.html
Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar beriladi
Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
19-23 mart kunlari “Uzbekistan Airways”ning barcha ichki reyslari va “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning tezurar poyezd chiptalarida chegirmalar bo‘ladi
2022-03-14T16:09+0500
2022-03-14T16:09+0500
2022-03-14T16:09+0500
turizm
navro‘z
chegirmalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1287/47/12874723_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_986f66f1a375312076f137162cac29e7.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 19-23 mart kunlari “Uzbekistan Airways”ning barcha ichki reyslari va “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning poyezd chiptalarida chegirmalar bo‘ladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.“Uzbekistan Airways”dagi chegirmalar:“O‘zbekiston temir yo‘llari”dagi chegirmalar:Bundan tashqari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pulli kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar mavjud bo‘ladi.Vazirlik, shuningdek, 50 foizgacha chegirmasi bor muzey, mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarining ro‘yxatini e’lon qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1287/47/12874723_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_64e648f8b759039360d36bd95f224b42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navro‘z chegirma arzon chipta
navro‘z chegirma arzon chipta
Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar beriladi
Navro‘z bayrami munosabati bilan temir yo‘l chiptalari, muzey, mehmonxona, ovqatlanish shoxobchalariga chegirmalar e’lon qilindi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 19-23 mart kunlari “Uzbekistan Airways”ning barcha ichki reyslari va “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning poyezd chiptalarida chegirmalar bo‘ladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.
“Uzbekistan Airways”dagi chegirmalar:
respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarning barcha turdagi tariflar uchun – 50 foiz;
“O‘zbekiston temir yo‘llari”dagi chegirmalar:
respublikaning barcha ichki temir yo‘l qatnovlarida nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;
oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;
oilalar (ikki va undan ortiq kishi) uchun – 15 foiz;
kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;
Afrosiyob” tezurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun - 10 foiz.
Bundan tashqari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pulli kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar mavjud bo‘ladi.
Vazirlik, shuningdek, 50 foizgacha chegirmasi bor muzey, mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarining
ro‘yxatini e’lon qilgan.