Mast holda mashina haydaganlarni 5-yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilishlari mumkin

© Unsplash / why keiVoditel za rulem avto
Voditel za rulem avto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna bo‘lish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda mast holda mashina boshqarganlar 5-yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX boshlig‘i Olimjon Saidov ma’lum qildi.
Saidovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda 8 ta normativ huquqiy hujjat, jumladan, ikkita qonun, bitta prezident qarori hamda to‘rtta hukumat qarori loyihalari tayyorlanmoqda.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mast holda mashina haydaganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan 5-yil muddatga mahrum qilishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilgan”, - dedi u.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra mast haydovchilar 1,5 yildan 3-yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur qilmish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (13,5 million so‘m) miqdorida jarima solinishi qat’iy belgilanmoqda (amalda 40 baravari).
Bundan tashqari, mast bo‘la turib tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish muddati qat’iy 3-yil etib belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyov fevral boshida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, sohadagi kamchiliklarni qattiq tanqid qilgan edi. Mutasaddilar oldiga yo‘l harakatiga oid qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, tubdan takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0