https://oz.sputniknews.uz/20220314/hafta-davomida-yomgirli-ob-havo-saqlanib-turadi-23313705.html
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi
Sputnik O‘zbekiston
18 mart juma kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Natijada ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.
2022-03-14T13:22+0500
2022-03-14T13:22+0500
2022-03-14T13:22+0500
jamiyat
ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0c/23284821_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_367e6f3f5ed528f26e273aed3997b9e5.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 14-18 mart kunlari butun respublika bo‘yicha yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.14-17 mart kunlari bir qator viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 14-16 mart kunlari esa ba’zi joylarda kuchli momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.Shu kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.Haftaning birinchi yarmida kunduz kungi havo harorati +14...+17 darajadan, +8...+11 darajagacha o‘zgarib turadi. Chorshanba kuni esa +16...+21 iliqgacha ko‘tariladi.18 mart juma kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Natijada ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduz kuni havo harorati +7...+10 daraja iliqgacha pasayadi.Hafta davomida respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Bu ko‘rsatgich momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilib, 14-16 martda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va qor yog‘adi.O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chish xavfi borligidan ogohlantirmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0c/23284821_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_67369a9625b3029b587d8b858768e211.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ob havo ma’lumoti o‘zbekiston haftalik o‘zgidromet
ob havo ma’lumoti o‘zbekiston haftalik o‘zgidromet
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi
18 mart kuni O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq havo massasi kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 14-18 mart kunlari butun respublika bo‘yicha yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet
xabar bermoqda. 14-17 mart kunlari bir qator viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 14-16 mart kunlari esa ba’zi joylarda kuchli momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Shu kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
Haftaning birinchi yarmida kunduz kungi havo harorati +14...+17 darajadan, +8...+11 darajagacha o‘zgarib turadi. Chorshanba kuni esa +16...+21 iliqgacha ko‘tariladi.
18 mart juma kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Natijada ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduz kuni havo harorati +7...+10 daraja iliqgacha pasayadi.
Hafta davomida respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Bu ko‘rsatgich momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilib, 14-16 martda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va qor yog‘adi.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chish xavfi borligidan ogohlantirmoqda.