Ayollar uchun “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDreamliner uzbekskix avialiniy zaxodit na posadku
Dreamliner uzbekskix avialiniy zaxodit na posadku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna bo‘lish
Loyihaning asosiy maqsadi "Temir daftar"ga kiritilgan ayollar orzularini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi "Temir daftar"ga kiritilgan ayollar uchun "Ilk parvozim" ijtimoiy loyihasini boshladi.
Kompaniya matbuot xizmati rahbari Kamola Ikramovaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, bu loyiha shu vaqtgacha samolyotda uchmagan ayollarni qamrab oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi "Temir daftar"ga kiritilgan ayollar orzularini ro‘yobga chiqarishdan iborat. U ayollarga bir oz bo‘lsada, hayotning kundalik muammolarini unutish va o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun vaqt ajratish imkonini beradi.
Shu yilning mart oyi oxirlarida ilk parvoz amalga oshiriladi. Parvozlar Samarqand, Buxoro, Urganch kabi shaharlar, shuningdek, O‘zbekistonning boshqa diqqatga sazovor joylari bo‘ylab amalga oshiriladi. Hozir 15 nafar ayol birinchi parvozga tayyorlanmoqda.
“Loyihada “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar ishtirok etishlari mumkin. Bizga ayollar ro‘yxatini Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi taqdim etib boradi. Sayohat qilish bepul. “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi shu yilning oxiriga qadar davom etadi. Loyiha doirasida ana shunday 10 ga yaqin bepul sayohatlarni amalga oshirishni rejalashtirapmiz”, - dedi aviakompaniya matbuot xizmati rahbari.
Ma’lum qilinishicha, loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lgan ayollar aviakompaniyaga yoki vazirlikka murojaat etishlari ham mumkin.
Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar beriladi
Eslatib o‘tamiz, "Temir daftar"ga ehtiyojmand oilalarning 7 ta toifasi kiritilgan. Ular kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar, doimiy ishsiz fuqarolar, karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar, og‘ir epidemiologik hududlardan qaytib kelgan fuqarolar.
Yangiliklar lentasi
0