Qadimiy Talipoch qal’a darvozasi devori o‘pirilib tushdi

© Foto: Madaniy meros agentligiTalipoch qal’a darvozasi devori
Talipoch qal’a darvozasi devori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna bo‘lish
Buxoroda XVI asrga oid Talipoch qal’a darvozasining chap tomon qal’a devori yog‘ingarchilik sabab qulab tushdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Buxoro shahridagi “Talipoch qal’a darvozasi” chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qal’a devori 11-mart kuni mutasil yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan. 12-mart kuni 12-mart kuni Buxoro viloyat hokimligi, viloyat Madaniy meros va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mas’ul xodimlari va maxsus ekspertlaridan iborat jamoatchilik ilmiy maslahat kengashi a’zolari hodisa joyida o‘rganish ishlarini olib borgan.
© Foto: Madaniy meros agentligiTalipoch qal’a darvozasi devori
Talipoch qal’a darvozasi devori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2022
Talipoch qal’a darvozasi devori
XVI asrga oid Talipoch qal’a darvozasi 2003-yilda qayta tiklangan. O‘tgan yillar davomida qal’a atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning cho‘kishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo bo‘lishi hamda mart oyida kuzatilgan doimiy yog‘ingarchilik devorning cho‘kishi va qulab tushishiga olib kelgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, Talipoch qal’a darvozasi 2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining manzilli ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirda soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan mazkur obyektning atrofini o‘rab olish, mazkur hududda yashovchi fuqarolar va obyektga tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan. Shuningdek, Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi va ekspertlar tomonidan obyektning texnik holati o‘rganilib va uni tezkorlik bilan qayta tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha muhokamalar olib borilgan.
Madaniy meros agentligi obyektda 2003-yilda restavratsiya ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgani, ta’mirlash ishlari malakali ustalar tomonidan olib borilmagani o‘z ta’sirini ko‘rsatganini bildirgan.
“Endilikda bu kabi kamchiliklarning oldini olish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan madaniy meros obyektlarini restavratsiya ishlarini puxta o‘ylangan reja asosida, malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0