G‘arb Rossiyaga jiddiy saboq berdi. Undan foydalanish fursati keldi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishViveska na restorane "Makdonalds" v Moskve
Viveska na restorane  Makdonalds v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna bo‘lish
Chet el biznesining Rossiyadan ommaviy chiqib ketishi boshqa ko‘plab oqibatlar qatorida ikkita afsonani yo‘qqa chiqardi. O‘tgan o‘n yillikda dunyo bu ikki afsonaga shunchalar qattiq ishonar ediki, ularni so‘zsiz, o‘z-o‘zidan ravshan haqiqat sifatida qabul qila boshlagan edi hatto.
Birinchidan, gap transmilliy kompaniyalarning globallashuv yetakchisi, tashkilotchisi va drayveri ekanligi haqidagi mashhur nazariya haqida ketmoqda. Bunda ularning milliy davlatlarni egallab olishi va alal-oqibat bostirishi muqarrar. O‘tgan bir hafta ichida ma’lum bo‘ldiki, transmilliy biznes qanchalik ulug‘vor, boy va qudratli bo‘lmasin, uning vatani bor – va shu vatan buyruq berganda (masalan, u yoki bu davlatni tark etish) yagona chora uning buyrug‘iga amal qilishdir.
Ikkinchi yo‘qqa chiqqan afsona esa tabiiy ravishda birinchisidan kelib chiqadi: ya’ni biznes, ayniqsa, yirik korporativlar, faqat iqtisodiy manfaatlarni hisobga olgan holda boshqariladi. OAVlar Rossiyani tark etayotgan kompaniyalarning o‘nlab, yuzlab, millionlab, ba’zi hollarda hatto milliardlab dollarlarni tashkil etadigan yo‘qotishlari haqidagi ekspert hisob-kitoblariga to‘la. Brendlarning o‘zlari esa qarorlarini “vaqtinchalik ish to‘xtatilishi” haqidagi so‘zlar bilan tuzatishdi. Bunday harakatdan ularning eshikni ochiq holda qoldirishi va tez orada Rossiya bozoriga qaytish istagini payqash mumkin, ammo latifada keltirilganidek, “kaktus chaynashda davom eting”.
Biroq, Rossiya uchun sodir bo‘layotganlarning barchasi nafaqat saboq beruvchi ahamiyatga ega, balki javob berish kerak bo‘lgan juda katta va murakkab vazifadir. Mamlakat kelgusi hafta va oylarda yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish, ommaviy ishsizlikning oldini olishdan tortib asosiy sanoat tarmoqlarining uzluksiz ishlashini davom ettirishgacha bo‘lgan masalalar borasida shoshilinch tarzda qarorlar qabul qilishi kerak. Bu bema’ni tuyulishi mumkin, ammo, (misol uchun, “Makdonalds” va boshqa shunga o‘xshash kompaniyalar ketishi haqiqatan ham yirik shaharlarda umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi) imkon qadar tezroq hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar. IT va boshqa strategik tarmoqlar haqida umuman gapirishning hojati yo‘q.
Ammo oldinda Rossiyaning (nafaqat Rossiyaning) sodir bo‘layotgan voqealarni hisobga olgan holda, eng dolzarb vazifalariga qo‘shimcha ravishda, chet el investitsiyalariga davlat yondashuvini tubdan qayta ko‘rib chiqishi turibdi.
So‘nggi ikki hafta ichida (ya’ni bizning ko‘z o‘ngimizda o‘tmishga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘tib ketdi) oldingi davr klassik liberalizmining oddiy mantig‘i ishladi:
1. Chet el investitsiyalari - bu juda yaxshi, chunki ular milliy iqtisodiyotga pul kiritadi. Milliy iqtisodiyotning ularsiz puli bo‘lishi shunchaki mumkin emas edi. Va shu bilan iqisodiyotning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
2. Investorlar uchun cheklovlar - bu yomon, chunki cheklovlar sarmoya kiritish istagini kamaytiradi.
Silliq ko‘rinadigan bu yondashuvning salbiy tomonlari mavjudligini ko‘pchilik oldin ham tushungan. Biroq aynan xorijlik biznes iqtisodiyot butun tarmoqlarining ommaviy chiqib ketishi jamiyat hayotini yoqib yuborishga, mamlakatni beqarorlashtirishga urinayotgan hozirgi “do‘zaxiy” sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki ko‘pgina mamlakatlarga xorijiy biznesning ishiga beparvolik va cheklovsiz yondashishning xavfliligini anglatdi.
Demak, kun tartibida xorijiy kompaniyalar va ularning mamlakatimizdagi faoliyatiga nisbatan yangi qoidalar ishlab chiqish turibdi.
Shubhasiz, dunyoda bu borada allaqachon ma’lum bo‘lgan amaliyotlar bor.
Bu yo‘nalishda Xitoy uzoq vaqtdan beri faol ishlamoqda. Ushbu mamlakatda chet el investitsiyalari, tamoyillarga ko‘ra, taqiqlangan tarmoqlarning to‘liq ro‘yxati mavjud. O‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab Xitoyda xususiy ta’lim xizmatlari bozorini isloh qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shov-shuv, boshqa mezonlar qatori, xorijiy investorlarning ta’lim sektoridan chetlatilgani bilan bog‘liq edi. Bundan tashqari, Xitoyda xorijiy firmalar vakolatxonalar orqali ishlay olmaydi – to‘laqonli faoliyat uchun, hatto 100% xorijiy kapitalga ega kompaniya ham mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Biroq, Rossiyaning so‘nggi tajribasini hisobga olgan holda, Pekin qoidalarni qat’iylashtirishga harakat qiladi, degan gumon bor, chunki ma’lum bo‘lganidek, hatto mamlakatda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va bosh kompaniyadan shunchaki buyruq olish orqali biznesning bir kechada yopilmasligi ham kafolatlanmagan.
Bunday tajriba, ta’bir joiz bo‘lsa, real vaqt rejimida boshidan kechirayotgan mamlakatimiz uchun dolzarbdir.
Va, ehtimol, boshqa mamlakatlarning nostandart tajribasini diqqat bilan ko‘rib chiqish ham mantiqqa to‘g‘ri kelar. Bunda, ayniqsa, Birlashgan Arab Amirliklari alohida ajralib turadi.
2019-yilda xorijiy sarmoyalarni faol jalb qilish maqsadida bu davlat o‘zining iqtisodiy qonunchiligini sezilarli darajada erkinlashtirishga kirishdi: to‘liq xorijiy kapital ishtirokida muayan sharoitlarda kompaniyalar yaratishga ruxsat berdi.
Gap shundaki, bungacha xorijiy investorlar faqat BAA davlati yoki fuqarolari ( bunda fuqaroning aksiya miqdori 51%dan kam bo‘lmasligi kerak) ishtirokida qo‘shma korxonalar yaratishi kerak edi. Bu qoida, ba’zi hollarda, hanuzgacha saqlanib qolgan, ammo 2019-yilda qabul qilingan qonun jarayonga bir qancha imtiyozlar bergan.
O‘shanda iqtisodchilar va ishbilarmonlar xorijiy kapitalga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishini bir ovozdan olqishlagan, bu esa Amirliklarga sarmoya jalb qilishga yordam berar edi.
Biroq 2022-yildan boshlab vaziyat biroz boshqacha ko‘rinmoqda – xorijdan kelayotgan pullar nafaqat milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi, balki voqealar dalolat berganidek, uning xavfsizligiga ham putur yetkazadi. Demak, ehtimol, Amirlik rasmiylari avvaldan haq bo‘lgan. Va boshqa mamlakatlarga ularning tajribasini (albatta, moslashtirish orqali) o‘zlashtirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Rossiya fuqarolari qo‘shma korxona aksiyalarining 51 foiziga ega bo‘lishlari shartmi? Yoki operatsiyalarning barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun fuqarolarga favqulodda vaziyatda kompaniya ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olish imkonini beradigan kichikroq ulush bilan cheklanishi mumkinmi? Bu kabi masalalarni muhokama qilish mumkin. Biroq hozirgi voqelikda Rossiya bozoriga kirmoqchi bo‘lgan har qanday xorijiy kapital uchun qo‘shma korxona yaratish to‘g‘risidagi qonuniy talab ko‘proq mos keladi.
Ikki hafta oldin milliy iqtisodiy xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan har qanday fikr-mulohazalar ko‘plab mutaxassislarning jahon iqtisodiyoti, erkin bozor va iqtisodiy liberalizm qonunlari qanday ishlashini tushunmaydigan, aksincha, go‘yoki mamlakatga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga e’tibor qaratadigan paranoiklar haqida masxaradek eshitilishi mumkin edi.
Xo‘sh, so‘nggi kunlarda paranoiklar haq bo‘lib chiqdi: xavf-xatarlar umuman uzoq emasligi ma’lum bo‘ldi. G‘arb qonun-qoidalar yo‘qligini, bozor qonunlari ishlamasligini, “inqilobiy ehtiyojlar”dan kelib chiqqan o‘zboshimchalik va musodara qilish esa – nafaqat odamlarni, balki butun mamlakatlarni talon-taroj qilishning mutlaqo samarali usuli ekanligini ishonchli isbotladi.
Bu shuni anglatadiki, Rossiya - G‘arb bilan qarama-qarshilikda o‘z suverenitetini himoya qiladigan o‘nlab boshqa davlatlar kabi - xavfsizlik yoki xorijiy sarmoyani jalb qilish tanlovida shunchaki birinchisini tanlashga majburdir.

Mavzuga oid:

“Falokatga kelyapmiz”. Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa va Xitoyga kerakmi?
Jang maydonida va moliyaviy jihatdan – G‘arb Rossiyaga maksimal zarar yetkazmoqchi
Rossiya Davlat dumasi deputati G‘arbning ehtimoliy sanksiyalarini o‘g‘rilikka qiyosladi
Rossiyadan ketgan kompaniyalarni milliylashtirish rejalashtirilmoqda – Medvedev
Yangiliklar lentasi
0