Erondagi musobaqada O‘zbekiston taekvondochilari 3ta medal qo‘lga kirishdi

© tkd-newsSorevnovaniya po taekvondo
Sorevnovaniya po taekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo tayekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida kecha 3ta medal qo‘lga kiritishdi.
Eron davlati poytaxti Tehron shahrida Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqasi davom etmoqda.
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo tayekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida kecha 3ta medal qo‘lga kiritishdi, deb xabar qildi Sportni rivojlantirish vazirligi.
- 63 kg vazn toifasida Niyaz Po‘latov finalgacha yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Niyaz eronlik Zaid Alxalvaniga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
-74 kg vazn toifasidagi Jasur Jaysunov yarim finalda eronlik Mirxashem Hussayniga yutqazib qo‘ydi va bronza medali bilan cheklandi.
-87 kg vazn toifasida Nikita Rafalovich yarim finalda ozarbayjonlik Talex Sulaymanovga imkoniyatni boy berdi va u ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari -54 kg vazn toifasida Omonjon Otajonov va Jahongir Xudoyberdiyevlar chorak finalga qadar yetib borishdi.
Yangiliklar lentasi
0