Qator hududlarda kuchli do‘l yog‘ib, sel kelmoqda – video

© Sputnik / Maksim BogodvidGrad
Grad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining ayrim hududlarida 13-mart kuni soat 9—10 lar atrofida quyuq bulut tushib, kuchli do‘l yog‘di.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli do‘l yog‘di.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining ayrim hududlarida 13-mart kuni soat 9—10 lar atrofida quyuq bulut tushib, atrof qorong‘ulashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu tabiat hodisasi aks etgan surat va videolar tarqaldi.
"O‘zgidromet" yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatovning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘ta nam havo oqimlari sababli yuz bergan. Atmosferada bulutlar qatlamida o‘ta to‘yingan suv bug‘lari va muz zarrachalari quyosh nurlari va yorug‘ligini bir muddat cheklab qo‘ygan.
Samarqandning ayrim hududlariga sel kelish holatlari kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 10-16 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va buning oqibatida tog‘oldi hududlarda sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0