Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda
12:00 12.03.2022 (yangilandi: 12:21 12.03.2022)
© Sputnik / Ramil Sitdikov
/ Obuna bo‘lish
Bugun ertalab boshlangan Turkmanston prezident saylovida allaqachon 25,24 % saylovchilar ovoz berdi.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Bugun ertalab Turkmanstonda prezident saylovlari boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Soat 09:00da saylovda 25,24 % saylovchilar ovoz berishga ulgurdi. Undan Axal viloyatida - 25,03 %, Balkan viloyatida – 27,40 %, Dashovuz viloyatida – 25,68 %, Lebap viloyatida – 24,37 %, Mari viloyatida – 24,64 %, Ashxobodda – 25,78 %.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti lavozimiga uchta siyosiy partiyalar va fuqaro tashabbus guruhlaridan 9 ta nomzod qo‘yilgan.
Turkmaniston qonunchiligida saylovni tan olish uchun minimal saylovchilar soni belgilanmagan. Markaziy saylov qo‘mitasi 7 kun ichida ovozlarni sanab g‘olibni e’lon qilishi kerak. Jami ovozlardan yarmining ko‘pini olgan nomzod prezident bo‘ladi.
Inauguratsiya 19-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev Turkmaniston saylov va referendumlar o‘tkazish markaziy komissiyasi raisi Gulmurat Muradov bilan uchrashdi.