https://oz.sputniknews.uz/20220312/samarqandda-hokimlar-114ta-qonunga-zid-qaror-qabul-qilgan-23279107.html
Samarqandda hokimlar 114ta qonunga zid qaror qabul qilgan
Samarqandda hokimlar 114ta qonunga zid qaror qabul qilgan
Maʼmuriy sud xulosasiga koʻra, qonunga zid qarorlarning aksariyati - yer uchastkalaridan foydalanish, ijaraga berish va qaytib davlat zahirasiga olish sohalarida... 12.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-12T11:37+0500
2022-03-12T11:37+0500
2022-03-12T12:23+0500
jamiyat
qonun
hokim
yer mulki
samarqand
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/04/22540983_0:99:1921:1179_1920x0_80_0_0_fbbb293fa1d7ea1537d7bf587cfcf202.jpg
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Oʻtgan 2021 yil davomida Samarqandda tuman va shahar hokimlarining 114 ta qarori haqiqiy emas deb topildi, deb xabar qilmoqda OʻzA viloyat maʼmuriy sudiga asosan. Samarqand viloyati maʼmuriy sudi raisi T.Fayziyev maʼlum qilishiga koʻra, 2021 yil davomida maʼmuriy sud tomonidan jami 1148 ta ish koʻrib chiqilgan boʻlsa, ulardan 419tasi (36,4%) hokimlar qarorlarining qonuniyligi yuzasidan boʻlgan. Viloyat maʼmuriy sudi ulardan 114 tasini qonnunga zid deb topgan. Xususan: Hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish koʻrsatkichi 2020 yilga nisbatan 2021 yilda 16 taga oshgan. Maʼmuriy sud raisi maʼlum qilishiga koʻra, qonunga zid qarorlarning aksariyati yer uchastkalaridan foydalanish, ijaraga berish va qaytib davlat zaxirasiga olish sohalarida kelib chiqqan. Bunga sabab - tuman va shahar hokimlarining Yer kodeksi normalarini bilmasligi hamda maʼmuriy tartib-tamoyillardagi xatoliklar deyilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/04/22540983_108:0:1811:1277_1920x0_80_0_0_fae59764b747e81953754edcefe93b7b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qonun, hokim, yer mulki, samarqand
qonun, hokim, yer mulki, samarqand
Samarqandda hokimlar 114ta qonunga zid qaror qabul qilgan
11:37 12.03.2022 (yangilandi: 12:23 12.03.2022) Maʼmuriy sud xulosasiga koʻra, qonunga zid qarorlarning aksariyati - yer uchastkalaridan foydalanish, ijaraga berish va qaytib davlat zahirasiga olish sohalarida kelib chiqqan.
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Oʻtgan 2021 yil davomida Samarqandda tuman va shahar hokimlarining 114 ta qarori haqiqiy emas deb topildi, deb
xabar qilmoqda OʻzA viloyat maʼmuriy sudiga asosan.
Samarqand viloyati maʼmuriy sudi raisi T.Fayziyev maʼlum qilishiga koʻra, 2021 yil davomida maʼmuriy sud tomonidan jami 1148 ta ish koʻrib chiqilgan boʻlsa, ulardan 419tasi (36,4%) hokimlar qarorlarining qonuniyligi yuzasidan boʻlgan.
Viloyat maʼmuriy sudi ulardan 114 tasini qonnunga zid deb topgan. Xususan:
Pastdargʻom tuman hokimi - 36 ta,
Samarqand shahar hokimi - 24 ta,
Samarqand tuman hokimi - 10 ta,
Bulungʻur tumani hokimi - 7 ta,
Urgut, Toyloq, Kattaqoʻrgʻon tumanlari hokimlari - 5tadan,
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi 5 ta.
Ushbu qarorlarning barchasi haqiqiy emas deb topilib, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari sud tomonidan tiklandi. Hokimliklariga nisbatan 33 ta xususiy ajrim chiqarilgan.
Hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish koʻrsatkichi 2020 yilga nisbatan 2021 yilda 16 taga oshgan.
Maʼmuriy sud raisi maʼlum qilishiga koʻra, qonunga zid qarorlarning aksariyati yer uchastkalaridan foydalanish, ijaraga berish va qaytib davlat zaxirasiga olish sohalarida kelib chiqqan. Bunga sabab - tuman va shahar hokimlarining Yer kodeksi normalarini bilmasligi hamda maʼmuriy tartib-tamoyillardagi xatoliklar deyilgan.