"Qamchiq" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi

© SBDDPereval Kamchik, opolzen na 229km avtodorogi A-373, 12.03.22
Pereval Kamchik, opolzen na 229km avtodorogi A-373, 12.03.22 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2022
Obuna bo‘lish
Tongda qor ko‘chish xavfti tufayli yopilgan "Qamchiq" dovoni kech soast 18:00 da qayta ochildi.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. "Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
"Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 12-mart kuni soat 18:00 da "Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi", - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, bugun erta tongdan "Qamchiq" dovonida ko‘chki xavfi e’lon qilinganligi tufayli, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Shundan so‘ng dovonda ko‘chki sodir bo‘lgani va yo‘lning ostki qismidagi tuproqni yuvib ketgani haqida videolavhalar paydo bo‘lgan edi.
"Farg‘ona - Toshkent" yo‘lining ochilishini kutib qolgan yo‘lovchilar uchun yo‘l bo‘yidagi oshxonalarda kutish joyi hamda manzilga yetib olish uchun maxsus poyezdlar tashkil qilingan edi.
© Press-slujba MChS UzbekistanaDlya zastravshix na "Kamchike" pustili dopolnitelniy poyezd
Dlya zastravshix na Kamchike pustili dopolnitelniy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2022
Dlya zastravshix na "Kamchike" pustili dopolnitelniy poyezd
Yangiliklar lentasi
0