https://oz.sputniknews.uz/20220311/youtube-rossiya-davlat-media-kanallarini-bloklamoqda-23277418.html
YouTube Rossiya davlat media kanallarini bloklamoqda
YouTube Rossiya davlat media kanallarini bloklamoqda
Sputnik O‘zbekiston
YouTube zudlik bilan butun dunyo bo‘ylab Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan media kanallarini bloklashini ma’lum qildi.
2022-03-11T23:43+0500
2022-03-11T23:43+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
youtube
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0b/21310593_0:180:3072:1908_1920x0_80_0_0_04ad585487a5e87f5253771731c9c7e7.jpg
YouTube zudlik bilan butun dunyo bo‘ylab Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan media kanallarini bloklashini ma’lum qildi. RIA Novosti.“Biz hozir butun dunyo bo‘ylab Rossiya davlat OAVlari bilan bog‘liq YouTube kanallariga kirishni bloklayapmiz”, — deyilgan videoxosting bayonotida. Bu o‘zgartirish "darhol" kuchga kiradi.Bundan tashqari, YouTube “uning siyosatini buzadigan” Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi aks etgan barcha videolarni o‘chirib tashlashini ma’lum qildi.YouTube o‘zini platformasida Rossiyada pul ishlashning barcha usullarini to‘xtatdi.YouTube videoxostingi Google kompaniyasiga tegishli.21 fevral kuni Vladimir Putin Donbass respublikalarining so‘rovlariga javoban va Davlat Dumasi deputatlarining murojaatidan so‘ng LXR va DXR suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.24 fevral kuni erta tongda Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlash va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Mudofaa vazirligi bayonotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlariga zarba bermoqda.Shundan so‘ng ko‘plab G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi, birinchi navbatda, bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etdi. Bundan tashqari, ko‘plab brendlar va xizmatlar mamlakatda faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0b/21310593_324:0:3055:2048_1920x0_80_0_0_d6100843bd5c6b4ee20c4c1c2c610a72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
youtube rossiya davlat media kanallarini bloklamoqda
youtube rossiya davlat media kanallarini bloklamoqda
YouTube Rossiya davlat media kanallarini bloklamoqda
23:43 11.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) YouTube zudlik bilan butun dunyo bo‘ylab Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan media kanallarini bloklashini ma’lum qildi.
YouTube zudlik bilan butun dunyo bo‘ylab Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan media kanallarini bloklashini ma’lum qildi.
RIA Novosti.“Biz hozir butun dunyo bo‘ylab Rossiya davlat OAVlari bilan bog‘liq YouTube kanallariga kirishni bloklayapmiz”, — deyilgan videoxosting bayonotida. Bu o‘zgartirish "darhol" kuchga kiradi.
Bundan tashqari, YouTube “uning siyosatini buzadigan” Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi aks etgan barcha videolarni o‘chirib tashlashini ma’lum qildi.
YouTube o‘zini platformasida Rossiyada pul ishlashning barcha usullarini to‘xtatdi.
YouTube videoxostingi
Google kompaniyasiga tegishli.
21 fevral kuni Vladimir Putin Donbass respublikalarining so‘rovlariga javoban va Davlat Dumasi deputatlarining murojaatidan so‘ng LXR va DXR suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
24 fevral kuni erta tongda Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlash va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Mudofaa vazirligi bayonotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlariga zarba bermoqda.
Shundan so‘ng ko‘plab G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi, birinchi navbatda, bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etdi. Bundan tashqari, ko‘plab brendlar va xizmatlar mamlakatda faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi.