Shirinlikka bo‘lgan xohishni qanday yengish mumkin- endokrinolog tavsiyasi
© VadimVaseninDomashnie blinchiki
Obuna bo‘lish
Shirinlik iste’mol qilish istagi - bu psixoemotsional ehtiyoj, deydi shifokor-endokrinolog va parhezshunos Natalya Lazurenko.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shirinlikka bo‘lgan istak organizmning uglevodli mahsulotlarga bo‘lgan jismoniy ehtiyojni anglatmaydi, balki ayrim hollarda psixoemotsional mezonlarga bog‘liq. Shirinlikdan voz kechish uchun avvalo ruhiy-hissiy ehtiyojlar masalasini hal qilish lozim.
"Haddan tashqari ko‘p shirinlik iste’mol qilish turli xil ruhiy-hissiy buzilishlar va jismoniy kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ovqatlanishni tartibga solish va umuman shirinliklar va oddiy uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoqni yengish uchun psixolog, psixoterapevt yoki ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis bilan muammolarni hal qilish mumkin”, - dedi mutaxassis.
Sabab aniqlangandan so‘ng, shifokor tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya qildi. Bu bilan organizmga yetishmayotgan aniq vitaminlar va moddalarni aniqlashtirish mumkin. Aynan ular tanqisligi tufayli shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi.
“Miyamiz ovqatlanish buzilishini dozaga bog‘liq holda qo‘zg‘atadi. Agar ertalab bir porsiya shirinlik qoldirsak, kun davomida o‘zimizni mazali taomlardan cheklasak, miyamiz bu taomning yetishmasligi haqida signal beradi. Miya shirinlikdan olinadigan zavqni uzaytirish uchun harakat qiladi. Shunday qilib, biz shirinliklar miqdorini asta-sekin ko‘paytira boshlaymiz, bu esa buzilishlarga olib kelishi mumkin. Miyamiz bizni aldamasligi uchun, o‘zimizga “Nega shirinlikni ko‘p yeyapman” deya savol berishimiz lozim. Savolga javob qidirish oziq-ovqatga ruhiy-hissiy va jismoniy qaramlikka qarshi keng qamrovli kurashni boshlash imkonini beradi”, -deydi Lazurenko.
Shifokorning fikricha, shirinlikdan voz kechish uchun kunlik ratsionni oddiy uglevodlar: shakar, non va qayta ishlangan mahsulotlarni qo‘shgan holda qayta tuzish lozim. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, oddiy uglevodlar organizmda insulin va glyukoza miqdorini maksimal oshiradi va bu bilan organizmning uglevodlarga bo‘lgan jismoniy ehtiyojini patologik jarayonga o‘tkazadi.
“Shuningdek, oddiy shakarni biroz murakkab shirin mahsulotga almashtirish lozim. Bu o‘rinda asal yaxshi natija bermaydi, chunki u moddalar almashinuviga xuddi oq shakar kabi ta’sir qiladi. Bu vaziyatda o‘simliklardan tayyorlangan shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotdan foydalanish mumkin, masalan- steviya. Steviya- glyukoza va insulin miqdorini ko‘taradigan o‘simlik va shakar va asal bilan solishtirganda u anchayin yengil”, - deydi endokrinolog.
Qadoqlangan sharbatlar o‘rniga endokrinolog yangi uzilgan meva yoki bir qancha rezavorlarni iste’mol qilishni tavsiya qildi. Bu hazm qilish jarayoniga kerakli miqdorda kletchatka va foydali vitaminlar beradi.
Birinchi navli undan tayyorlangan nonni butun donli non yoki tarkibida kepak qo‘shilgan mahsulotlar bilan almashtirish kerak, chunki bunday non tayyorlanadigan un yanada murakkab va to‘yimli.
Endokrinologning ta’kidlashicha, barchaga individual yondashish zarur. Masalan, kimgadir zudlik bilan butunlay shirinlikdan voz kechish lozim, yana kimgadir bu zarar keltiradi, hissiy buzilishlarga olib keladi.