Lukashenko Moskvaga keldi - foto

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna bo‘lish
Belarus rahbari bugun Moskvada Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashib, Ittifoqchi davlatlar orasida integratsiyani kuchaytirishga kelishib oladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvaga ishchi tashrif bilan keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.
Moskva aeroportida Lukashenkoni Belarusning Rossiyadagi elchisi Vladimir Semashko kutib oldi. Vladimir Putin bilan uchrashuv oldidan ular kunning dolzarb mavzularini muhokama qilib oladilar, - deyilgan xabarda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus prezidenti bugun Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashib, sanksilar bosimi sharoitida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik, ittifoqchi davlatlar orasida integratsiyani kuchaytirishga kelishib oladi.
Prezidentlar, shuningdek, Ukraina inqirozi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishadi. Biroz oldin Belarus rahbari harbiylar bilan chegara yaqinida to‘planib qolgan yollanma jangchilar muammosini muhokama qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Rossiya va Belarus rahbarlari 6 marotaba yuzma-yuz uchrashishgan edi. Ushbu uchrashuvlarda ikki davlatlarning bo‘lajak integratsiyasiga doir qator hujjatlar imzolangan edi.
Yangiliklar lentasi
0