https://oz.sputniknews.uz/20220311/eronning-shhtga-yana-bir-qadam-yaqinlashdi-23274676.html
Eron ShHTga yana bir qadam yaqinlashdi
Eron ShHTga yana bir qadam yaqinlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Eronning ShHTga kirishi tashkilotni kengaytiradi va mantaqaviy hamkorlik uchun yangi istiqbollar ochadi.
2022-03-11T19:01+0500
2022-03-11T19:01+0500
2022-03-12T08:57+0500
siyosat
shht – 2019
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20627120_0:83:3137:1848_1920x0_80_0_0_99dcca4a4f7179eea3497de685ac5c86.jpg
TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Toshkentda Eronning ShHTga kirish tartibi kelishib olindi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va Eron Islom Respublikasi vakolatli vakillarining maslahatlashuvlari yakunlari bo‘yicha Protokol imzolandi. Ushbu hujjatda Eron tomonining ShHTga a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi ma’qullandi.Xabarda aytilishicha, protokolning imzolanishi o‘tgan yili ShHTning Dushanbe sammitida sakkiz davlat rahbarlarining Yeronni Tashkilotga a’zolikka qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risidagi qarorini ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi.Hujjat Eron tomoni a’zo bo‘lganidan keyin ShHT Xartiyasi, xalqaro shartnomalar va Tashkilot doirasida qabul qilingan hujjatlarning maqsad va tamoyillariga rioya qilish, a’zo davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda ShHTning xalqaro va mintaqaviy masalalardagi nufuzini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligidan dalolat beradi.Shu yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida ushbu jarayonning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. Unda majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzolash rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari Eronga ShHTga a’zo davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqadi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20627120_397:0:3128:2048_1920x0_80_0_0_e17ef68cbbfb5244bc6cbe702d691c08.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron shht hamkorlik norov
eron shht hamkorlik norov
Eron ShHTga yana bir qadam yaqinlashdi
19:01 11.03.2022 (yangilandi: 08:57 12.03.2022) Eronning ShHTga kirishi tashkilotni kengaytiradi va mantaqaviy hamkorlik uchun yangi istiqbollar ochadi - Norov.
TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Toshkentda Eronning ShHTga kirish tartibi kelishib olindi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va Eron Islom Respublikasi vakolatli vakillarining maslahatlashuvlari yakunlari bo‘yicha Protokol imzolandi. Ushbu hujjatda Eron tomonining ShHTga a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi ma’qullandi.
Xabarda aytilishicha, protokolning imzolanishi o‘tgan yili ShHTning Dushanbe sammitida sakkiz davlat rahbarlarining Yeronni Tashkilotga a’zolikka qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risidagi qarorini ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi.
"Eron kabi davlatning ShHTga kirishi Tashkilotning "geografik mas’uliyat" hududini kengaytiradi, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi. Tashkilotimiz Yevroosiyo makonida keng transkontinental hamkorlik sari ishonch bilan bormoqda. Bu, shubhasiz, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarga yangicha qarash imkonini beradi", — dedi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari V.Norov.
Hujjat Eron tomoni a’zo bo‘lganidan keyin ShHT Xartiyasi, xalqaro shartnomalar va Tashkilot doirasida qabul qilingan hujjatlarning maqsad va tamoyillariga rioya qilish, a’zo davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda ShHTning xalqaro va mintaqaviy masalalardagi nufuzini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligidan dalolat beradi.
Shu yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida ushbu jarayonning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. Unda majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzolash rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari Eronga ShHTga a’zo davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqadi.