Vengriyada ilk bor ayol kishi prezident etib saylandi

© AFP 2023 / Attila KisbenedekNovoizbrannaya prezident Vengrii Katalin Novak
Novoizbrannaya prezident Vengrii Katalin Novak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
Katalin Novak Vengriyaning yangi prezidenti bo‘ldi. U mamlakat tarixida bu lavozimga saylangan ilk ayol.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Vengriya parlamenti payshanba, 10-mart kuni, oila, yoshlar va xalqaro munosabat ishlari bo‘yicha vazir Katalin Novakni davlat rahbari etib sayladi.
Novak bu lavozimga saylangan ilk ayol bo‘ldi. Uning nomzodini yoqlab 199 deputatdan 137 tasi ovoz berdi. Ovoz berish jarayoni Vengriyaning M1kanalida efirga uzatildi.
Katalin Novakning saylovdagi raqibi muxolifat partiyadan bo‘lgan 80 yoshli iqtisodchi Peter Rona edi.
Vengriya prezidenti Milliy yig‘ilish tomonidan 5-yil muddatga saylanadi. 2012-yildan buyon bu lavozimni Yanosh Ader egallab kelayotgan edi.
Janubiy Koreyada sobiq prokuror prezident bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0