Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma: qurbonlar bor

© Sputnik / Emil SadirovPogranichnik respubliki Kirgizstan vo vremya slujbi. Arxivnoe foto
Pogranichnik respubliki Kirgizstan vo vremya slujbi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi yana notinch. 10-mart kuni otishma sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 10-mart kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasin chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston Chegara qo‘shinlari naradi Botken tumani, Teskey tumanidagi belgilanmagan uchastkasida navbatchilik paytida avval foydalanilgan marshrutni o‘zgartirib, chegara chizig‘idan tashqariga o‘tishgan. Qirg‘izistonliklar ulardan bu uchastkani tark etishni talab qilishgan.
Ta’kidlanishicha, Tojikiston chegarachilari turgan joyga qo‘shimcha kuch yetib kelgan. Keyin ular o‘zlarining son jihatdan ustunliklaridan foydalanib, qo‘shni davlat chegarasi hududiga o‘tishga urinishgan.
Qirg‘iz chegarachilari qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada otishma boshlangan. Qirg‘iziston tomonida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Tojik-qirg‘iz chegarasida kelishmovchilik yuz berdi - video
Ikki mamlakat chegarachilari chegara otradlarini hodisa joyidan olib ketishga qaror qilishgan. Hozir muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Qirg‘iziston chegara xizmatining ta’kidlashicha, Teskey hududi davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasi bo‘lib, aslida Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan foydalanilmoqda.
O‘z navbatida Sputnik Tojikiston nashrining Chorkuh aholisi bergan ma’lumotlarga tayanib yozishicha, tojik-qirg‘iz chegarasida hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu isfaralik chegarachi.
Chorkuh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, 10-mart kuni ertalab qirg‘izistonlik chegarachilar o‘z yerlarida daraxt ekayotgan qishloqning bir necha aholisiga qarata o‘t ochishgan.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya qilishga kelishib oldi
Mahalliy hukumat vakili rasmiylar hodisa joyiga jo‘nab ketishganini ma’lum qilgan.
Hozircha rasmiy Dushanbe hodisaga rasman munosabat bildirmagan.
Yangiliklar lentasi
0