https://oz.sputniknews.uz/20220310/stressdan-qanday-xalos-bolish-mumkin-ruhshunosdan-beshta-oddiy-tavsiya-23225848.html
Stressdan qanday xalos bo‘lish mumkin? Ruhshunosdan beshta oddiy tavsiya
Stressdan qanday xalos bo‘lish mumkin? Ruhshunosdan beshta oddiy tavsiya
Sputnik O‘zbekiston
Ruhshunos, munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha kitob muallifi Yelizaveta Filonenko qaysi odatlar stressdan xalos qilishini ma’lum qildi
2022-03-10T06:17+0500
2022-03-10T06:17+0500
2022-03-10T06:17+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/09/23225512_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_10c6b91c290a272162c2c92d2ec387d7.jpg
Ruhshunos, munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha kitob muallifi Yelizaveta Filonenko qaysi odatlar stressdan xalos qilishini ma’lum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.Kunni qanday qarshi olsangiz, shunday o‘tkazasizRuxshunos tongni qarshi olishga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uyg‘ongandan so‘ng dastlabki bir-necha daqiqalar kunning qanday o‘tishini belgilab berishi mumkin. Rejalashtirish, mazali nonushta, jismoniy faollik kun davomida yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam beradi.“Tongga e’tibor qaratishga harakat qiling. Maqsadlar qo‘yish, meditatsiya, jismoniy mashqlar uchun vaqt ajrating, yon daftarchangizga yozib boring. Tong- butun kun uchun kayfiyatni belgilovchi qimmatli vaqt”, - deydi Filonenko.Reja qilingHaddan tashqari ko‘p ish - stress pado bo‘lishi sababi, bundan hissiy charchoq yoki tushkunlik kelib chiqadi. Bu holatlarga tushmaslik uchun ruxshunos barcha ishlarni imkoniyatlar, quvvat va vaqtni hisobga olib rejalashtirishni maslahat beradi.Internetga kamroq vaqt ajratingHar kuni miyamiz juda ko‘p miqdorda axborot qabul qiladi, ishlab chiqaradi. Doimiy ish va internetda “suzish” ham stressni keltirib chiqaradi va nafaqat hissiy va balki jismoniy charchoqlarga ham sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash uchun uni foyda bilan o‘tkazishga harakat qilish lozim.“Vaqtingizdan to‘g‘ri foydalaning- internetda o‘tkazayotgan befoyda vaqtingizni nazorat qiling. Yoshi kattalar taxminan 6-8 soatini internetda o‘tkazadi. Bu vaqtni siz dam olish yoki foydali ishlarga sarf qilishingiz mumkin”.Sifatli dam olingRuxshunosning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qancha ishlaganidan emas, qanday dam olishganidan charchashadi.“Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish, alkogol ichimliklari, videoo‘yinlar- natijada baribir charchatadigan dam olish turlariga kiradi”, - deydi ruhshunos.Bo‘sh vaqtda to‘yib uxlash, sayr qilish, do‘stlar bilan uchrashish yoki shunchaki kitob o‘qish yaxshi natija beradi. Salomatlik uchun to‘g‘ri dam olishning bir qancha turlari bor. Ammo eng asosiysi- uyquni nazorat qilish.Harakatda bo‘lingStressga chidamlilikni oshiradigan yana bir odatlardan biri – shubhasiz, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdir."Bugungi kunda sport ruhiy salomatlikning ajralmas qismi va stressga chidamlilikning ajralmas omilidir. Tanangiz faqat kompyuter monitoriga tikilish va stulda o‘tirish uchun mo‘ljallanmagan. Stressni bartaraf qilish uchun ruhiy va jismoniy stressni kunlik harakatlar muhim. Jadvalingizga jismoniy mashqlarni kiriting va shunda baxtliroq bo‘lasiz!" - deydi mutaxassis.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/09/23225512_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1188b47454f4558df3b46d45fe73b048.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
stressdan xalos bo‘lish tavsiya shifokor ruhshunos
stressdan xalos bo‘lish tavsiya shifokor ruhshunos
Stressdan qanday xalos bo‘lish mumkin? Ruhshunosdan beshta oddiy tavsiya
Ruxshunos Filonenko: oddiy kunlik odatlar ham stress xalos bo‘lishga yordam beradi
Ruhshunos, munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha kitob muallifi Yelizaveta Filonenko qaysi odatlar stressdan xalos qilishini ma’lum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Kunni qanday qarshi olsangiz, shunday o‘tkazasiz
Ruxshunos tongni qarshi olishga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uyg‘ongandan so‘ng dastlabki bir-necha daqiqalar kunning qanday o‘tishini belgilab berishi mumkin. Rejalashtirish, mazali nonushta, jismoniy faollik kun davomida yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam beradi.
“Tongga e’tibor qaratishga harakat qiling. Maqsadlar qo‘yish, meditatsiya, jismoniy mashqlar uchun vaqt ajrating, yon daftarchangizga yozib boring. Tong- butun kun uchun kayfiyatni belgilovchi qimmatli vaqt”, - deydi Filonenko.
Haddan tashqari ko‘p ish - stress pado bo‘lishi sababi, bundan hissiy charchoq yoki tushkunlik kelib chiqadi. Bu holatlarga tushmaslik uchun ruxshunos barcha ishlarni imkoniyatlar, quvvat va vaqtni hisobga olib rejalashtirishni maslahat beradi.
Internetga kamroq vaqt ajrating
Har kuni miyamiz juda ko‘p miqdorda axborot qabul qiladi, ishlab chiqaradi. Doimiy ish va internetda “suzish” ham stressni keltirib chiqaradi va nafaqat hissiy va balki jismoniy charchoqlarga ham sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash uchun uni foyda bilan o‘tkazishga harakat qilish lozim.
“Vaqtingizdan to‘g‘ri foydalaning- internetda o‘tkazayotgan befoyda vaqtingizni nazorat qiling. Yoshi kattalar taxminan 6-8 soatini internetda o‘tkazadi. Bu vaqtni siz dam olish yoki foydali ishlarga sarf qilishingiz mumkin”.
Ruxshunosning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qancha ishlaganidan emas, qanday dam olishganidan charchashadi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish, alkogol ichimliklari, videoo‘yinlar- natijada baribir charchatadigan dam olish turlariga kiradi”, - deydi ruhshunos.
Bo‘sh vaqtda to‘yib uxlash, sayr qilish, do‘stlar bilan uchrashish yoki shunchaki kitob o‘qish yaxshi natija beradi. Salomatlik uchun to‘g‘ri dam olishning bir qancha turlari bor. Ammo eng asosiysi- uyquni nazorat qilish.
Stressga chidamlilikni oshiradigan yana bir odatlardan biri – shubhasiz, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdir.
"Bugungi kunda sport ruhiy salomatlikning ajralmas qismi va stressga chidamlilikning ajralmas omilidir. Tanangiz faqat kompyuter monitoriga tikilish va stulda o‘tirish uchun mo‘ljallanmagan. Stressni bartaraf qilish uchun ruhiy va jismoniy stressni kunlik harakatlar muhim. Jadvalingizga jismoniy mashqlarni kiriting va shunda baxtliroq bo‘lasiz!" - deydi mutaxassis.