https://oz.sputniknews.uz/20220310/pandemiya-hali-tugamaydi--jsst-23249031.html
Pandemiya hali tugamaydi – JSST
Pandemiya hali tugamaydi – JSST
Sputnik O‘zbekiston
Hozir dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgan bo‘lsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari matbuot anjumanida ma’lum qildi.
2022-03-10T18:35+0500
2022-03-10T18:35+0500
2022-03-10T18:35+0500
dunyoda
jsst
tedros adxanom gebreyesus
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1c/21558052_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_d865c744114d317a536ce69c0b4fe816.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Hozir dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgan bo‘lsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari matbuot anjumanida ma’lum qildi.2020 yilning 11-mart kuni tashkilot dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman e’lon qilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib koronavirusdan 6 milliondan ziyod odam vafot etgan.Shu yilning yanvar oyi boshida kiprlik olimlar tomonidan “delta” va “omikron” shtammlari xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan yangi “deltakron” mutatsiyasi aniqlangandi. Ammo yaqin-yaqingacha JSST mazkur shtammning mavjudligini shubha ostiga olib kelindi.Kecha esa tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerxove Jenevada bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda “deltakron” Yevropada paydo bo‘lganini rasman ma’lum qildi. Bayonotda keltirilishicha, mazkur mutatsiya turi Fransiya, Niderlandiya va Daniyada aniqlandi. Lekin hozircha juda kam.Pandemiya boshlangandan buyon dunyoda qariyb 452 million kishi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. Shuningdek, infeksiyaning oldini olish maqsadida jami 11 milliard dozaga yaqin vaksina qo‘llanilgan.Eslatib o‘tamiz, Gebreyesus o‘tgan yili dekabr oyida 2022-yil COVID pandemiyasining oxirgi yili bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. U bu taxminni ikkinchi va uchinchi avlod vaksinalarining ishlab chiqilishi, mikroblarga qarshi dori vositalarining yanada rivojlantirilishi va boshqa innovatsiyalar bilan bog‘lagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1c/21558052_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_00317d8e8578138b3467d253dd3b2761.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst pandemiya qachon tugaydi
jsst pandemiya qachon tugaydi
Pandemiya hali tugamaydi – JSST
2020 yilning 11-mart kuni JSST tomonidan dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman e’lon qilingan edi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Hozir dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgan bo‘lsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari matbuot anjumanida ma’lum qildi.
2020 yilning 11-mart kuni tashkilot dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman e’lon qilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib koronavirusdan 6 milliondan ziyod odam vafot etgan.
“Bu biz uchun juda katta yo‘qotish, hozir dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgan bo‘lsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Chunki buning uchun u yer yuzining barcha nuqtalarida birdek yakunlanishi kerak” - dedi JSST rahbari.
Shu yilning yanvar oyi boshida kiprlik olimlar tomonidan “delta” va “omikron” shtammlari xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan yangi “deltakron” mutatsiyasi aniqlangandi. Ammo yaqin-yaqingacha JSST mazkur shtammning mavjudligini shubha ostiga olib kelindi.
Kecha esa tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerxove Jenevada bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda “deltakron” Yevropada paydo bo‘lganini rasman ma’lum qildi. Bayonotda keltirilishicha, mazkur mutatsiya turi Fransiya, Niderlandiya va Daniyada aniqlandi. Lekin hozircha juda kam.
Pandemiya boshlangandan buyon dunyoda qariyb 452 million kishi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. Shuningdek, infeksiyaning oldini olish maqsadida jami 11 milliard dozaga yaqin vaksina qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gebreyesus o‘tgan yili dekabr oyida 2022-yil COVID pandemiyasining oxirgi yili bo‘lishi
mumkinligini aytgan edi. U bu taxminni ikkinchi va uchinchi avlod vaksinalarining ishlab chiqilishi, mikroblarga qarshi dori vositalarining yanada rivojlantirilishi va boshqa innovatsiyalar bilan bog‘lagan.