Janubiy Koreyada sobiq prokuror prezident bo‘ldi

© AFP 2023 / Jung Yeon-je Izbrannie prezident Yujnoy Korei Yun Sok Yel so svoimi storonnikami v Seule
Izbrannie prezident Yujnoy Korei Yun Sok Yel so svoimi storonnikami v Seule  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
Koreyada prezident saylovida ommaviylik bo‘yicha uchinchi o‘rindagi nomzod ikkinchi o‘rindagi nomzod bilan birlashib holda amaldagi prezidentni yengib chiqdi.
TOShKENT, 10 mar — RIA Novosti. Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida “Fuqaro kuchi” muxolifat partiya vakili Yun Sok Yel g‘olib bo‘ldi, deb xabar qildi Milliy saylov qo‘mitasi.
“Fuqaro kuchi” partiyasiga Birlashgan demokratik partiya vakili Li Chje Men nomzodi qo‘yilgan edi. Uchinchi eng kuchli raqib "Xalq partiyasi” vakili An Chxol Su edi, ammo u saylov oldidan Yun Sok Yel bilan birlashishini e’lon qildi.
Natijada, 100% ovozlar hisoblab chiqilganidan so‘ng Yun Sok Yel 48,56%, Li Chje Men esa — 47,83 % ovoz to‘pladi.
Ma’lumot uchun, Yun Sok Yel – sobiq prokuror, siyosatga kelganiga ko‘p bo‘lmadi. U asosan 2020-yildan boshlab, amaldagi hukumatning prokuratura islohotini tanqid qilish orqali keng jamoatchilikka tanila boshlagan edi. U hukumatga nisbatan bir necha ayblovlar qo‘ygan va buning uchun hatto sudga jalb qilingan, lekin o‘z huquqlarini himoya qila olgan. Jamoatchilikning konservativ qismiga sobiq prokurorning hukumatga qarshi uzoq vaqt davomida olib borgan kurashi ma’qul kelgan.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada prezident saylovchi 9-mart kuni bo‘lib o‘tdi, unda 34 million saylovchi ishtirok etdi, bu saylovchilar umumiy sonidan 77,1%ni tashkil qiladi. Respublikada jami saylovchilar soni 44 million kishi.
Yangiliklar lentasi
0