https://oz.sputniknews.uz/20220310/barcha-davlat-organlarida-rahbarning-kamida-bitta-orinbosari-ayol-kishi-boladi-23239030.html
Barcha davlat organlarida rahbarning kamida bitta o‘rinbosari ayol kishi bo‘ladi
Barcha davlat organlarida rahbarning kamida bitta o‘rinbosari ayol kishi bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yil 1-yanvarga barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o‘rinbosari xotin-qizlar orasi
2022-03-10T13:52+0500
2022-03-10T13:52+0500
2022-03-10T13:52+0500
jamiyat
ayollar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23240050_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_635b4feed9a08791c1e4af81dd3d1905.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 2024-yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushi kamida 30 foizga yetkaziladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda belgilangan.Agar tegishli tashkilotlarda rahbar ayol kishi bo‘lib, unda faqat bir nafar o‘rinbosar bo‘lsa, u holda bu talab majburiy hisoblanmaydi.Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni o‘qitiladi.Davlat xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini qisman to‘lab beradiMa’lumot o‘rnida, 1-mart kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev "Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida o‘z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o‘qitib, kamida 1 nafar o‘rinbosarini ham ayollardan qo‘yadi", degan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23240050_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6fdf9bcd4ce7bfd19ddad9e85524f982.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat organlari rahbar o‘rinbosar ayol kishi
davlat organlari rahbar o‘rinbosar ayol kishi
Barcha davlat organlarida rahbarning kamida bitta o‘rinbosari ayol kishi bo‘ladi
2024 yilgacha barcha davlat organlari rahbarlarining kamida bitta o‘rinbosari ayol kishi bo‘ladi. Bu prezident imzolagan yangi farmonda ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 2024 yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushi kamida 30 foizga yetkaziladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda
belgilangan. Xuddi shu sanaga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o‘rinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.
Agar tegishli tashkilotlarda rahbar ayol kishi bo‘lib, unda faqat bir nafar o‘rinbosar bo‘lsa, u holda bu talab majburiy hisoblanmaydi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni o‘qitiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 1-mart kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev "Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida o‘z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o‘qitib, kamida 1 nafar o‘rinbosarini ham ayollardan qo‘yadi", degan edi.