Alimentdan qarzdorlarga turmush qurish va vaqtincha mashina haydash taqiqlanishi mumkin

© pexels.com/Acharaporn KamornboonyarushRuki smartfon avtomobil
Ruki smartfon avtomobil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna bo‘lish
Prezident aliment bo‘yicha qarzi borlarning mashina haydashi va turmush qurishi taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqarishni topshirdi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon bilan aliment bo‘yicha qarzdorlikni undirishga oid yangi talablar joriy etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura uch oy ichida aliment to‘lovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan yangi qonun loyihasini ishlab chiqishi kerak.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
aliment bo‘yicha qarzi borlar qarzni to‘liq qoplamagunicha transport vositasini boshqarishi vaqtincha cheklanadi;
qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko‘rsatilmaydi;
aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.
Shuningdek, Majburiy ijro burosi huzurida “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Unga buroning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 50 milliard so‘m ajratiladi.
Agar fuqarodan sud qarori bilan aliment uch oy ichida undirilmasa, jamg‘arma qarzdorlikni bir yo‘la to‘lab beradi. Keyinchalik bu pullar qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Ma’lumot o‘rnida, aliment majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelayotgan va qidiruvga e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. Bundan tashqari, davlat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0