https://oz.sputniknews.uz/20220309/vasiyatnoma-tuzing-aqsh-hukumati-ukrainaga-bormoqchi-bolganlarga-tavsiya-berdi-23215770.html
“Vasiyatnoma tuzing”: AQSh hukumati Ukrainaga bormoqchi bo‘lganlarga tavsiya berdi
“Vasiyatnoma tuzing”: AQSh hukumati Ukrainaga bormoqchi bo‘lganlarga tavsiya berdi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Davlat departamenti o‘z fuqarolariga Ukrainaga safar qilishdan olin vasiyatnoma tuzish va DNK namunasini topshirishni maslahat berdi. 09.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-09T12:18+0500
2022-03-09T12:18+0500
2022-03-09T12:18+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
aqsh
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/09/23215511_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_8b1b1df2a6baa338717c706ee572e66e.jpg
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Ukrainaga bormoqchi bo‘lgan AQSh fuqarolari vasiyatnoma tuzishlari va tibbiyot muassasiga o‘zining DNK namunalarini taqdim etishlari kerak. Tegishli tavsiyanoma Amerika Davlat departamenti saytida chop qilingan.Shuningdek, unda Ukrainaga bormaslik tavsiyasini inobatga olmaslikka qaror qilganlar safar oldidan bir qator ishlarni qilishlari darkorligi ko‘rsatilgan. Jumladan, vasiyatnoma tuzishlari, yaqinlari bilan bolalarga vasiylik qilish, uy hayvonlarini parvarish qilish, mol-mulkka egalik qilish rejalari hamda qarindoshlarga muhim hujjatlar va shaxsiy ma’lumotlarni berish masalalarini muhokama qilish tavsiya qilingan. Bundan tashqari, amerikaliklarga tibbiyot muassasiga o‘zining DNK namunalarini taqdim etish maslahat berilgan.Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/09/23215511_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_305a1c3911bf7228aedceed26e58c4ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, ukraina
“Vasiyatnoma tuzing”: AQSh hukumati Ukrainaga bormoqchi bo‘lganlarga tavsiya berdi
AQSh Davlat departamenti o‘z fuqarolariga Ukrainaga safar qilishdan olin vasiyatnoma tuzish va DNK namunasini topshirishni maslahat berdi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Ukrainaga bormoqchi bo‘lgan AQSh fuqarolari vasiyatnoma tuzishlari va tibbiyot muassasiga o‘zining DNK namunalarini taqdim etishlari kerak. Tegishli tavsiyanoma Amerika Davlat departamenti saytida
chop qilingan. “Qurolli mojaro va koronavirus sabab Ukrainaga bormang. Agar bu xavfsiz bo‘lsa, har qanday tijoriy yoki boshqa shaxsiy yerusti transportidan foydalanib, Ukrainadagi AQSh fuqarolari zudlik bilan ketishlari kerak”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, unda Ukrainaga bormaslik tavsiyasini inobatga olmaslikka qaror qilganlar safar oldidan bir qator ishlarni qilishlari darkorligi ko‘rsatilgan. Jumladan, vasiyatnoma tuzishlari, yaqinlari bilan bolalarga vasiylik qilish, uy hayvonlarini parvarish qilish, mol-mulkka egalik qilish rejalari hamda qarindoshlarga muhim hujjatlar va shaxsiy ma’lumotlarni berish masalalarini muhokama qilish tavsiya qilingan. Bundan tashqari, amerikaliklarga tibbiyot muassasiga o‘zining DNK namunalarini taqdim etish maslahat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.