https://oz.sputniknews.uz/20220309/sarosiyoda-ulugbek-xazinasi-topildi-23219055.html
Sarosiyoda Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topildi
Sarosiyoda Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topildi
Sputnik O‘zbekiston
Sarosiyo tumanida aholi 15-asrga oid mis tangalar topib olib ularni talon-taroj qildi.
2022-03-09T14:31+0500
2022-03-09T14:31+0500
2022-03-09T14:34+0500
jamiyat
surxondaryo
arxeologik topilma
madaniy meros agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/09/23219219_0:385:1000:948_1920x0_80_0_0_03288057e84924cbe94887169275a711.jpg
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Surxondaryoning Sarosiyo tumani To‘palang darosi qirg‘og‘ida aholi tmonidan qadimiy tangalar topildi deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.Kuni kecha Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar To‘palang darosi qirg‘og‘idan ko‘p miqdorda mis tangalar topib olishgan edi. O‘z kuchini yo‘qotgan, lekin tashqi qiyofasini saqlab qolgan qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul aks etgan. Bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilar hisoblanadi.Shuningdek, tangalarning reversida, ya’ni bet tarafida "Samarqand", "Adliyya" so‘zlari, hijriy 823 (milodiy 1420-yil), 832 (milodiy 1428-yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan.Eng qizig‘i tangalarni topgan fuqarolar ularni talon-taroj qilishga ham ulgurishgan. Ayni paytda Inspeksiya, Agentlik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu hududni o‘z muhofazasiga olgan.Bugundan boshlab, Sariosiyo tumani To‘palang darosi hududida ilmiy izlanishlar olib boriladi.Ayni damda Madaniy meros agentligi tomonidan aholi orasida qadimiy yodgorliklarni saqlab qolish, ularga zarar yetkazmaslik bo‘yicha fuqarolarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib bobrilmoqda. Shuningdek, ixtiyoriy ravishda davlatga topshirilgan madaniy me’ros uchun davlat tomonidan qonuniy ravishda mukofot puli to‘lanishi ham eslatib o‘tilmoqda.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/09/23219219_0:292:1000:1042_1920x0_80_0_0_f6e701352e91ddd761ac1efffae7e298.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sarosiyo, surxondaryo ulug‘bek
sarosiyo, surxondaryo ulug‘bek
Sarosiyoda Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topildi
14:31 09.03.2022 (yangilandi: 14:34 09.03.2022) Topilgan mis tangalar 1420-yilga oid bo‘lib ularning bir tarafida "Samarqand" va "Adliyya" so‘zlari ikkinchi tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul aks etgan.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Surxondaryoning Sarosiyo tumani To‘palang darosi qirg‘og‘ida aholi tmonidan qadimiy tangalar topildi deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Kuni kecha Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar To‘palang darosi qirg‘og‘idan ko‘p miqdorda mis tangalar topib olishgan edi.
Voqea joyiga yetib kelgan Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh topilgan mis tangalar haqiqiy ekanini tasdiqlashdi.Olimlarning fikricha, To‘palang darosi qirg‘og‘idagi pul tangalar O‘zbekiston hududidan topilgan eng katta va yaxshi saqlangan xazina hisoblanadi.
O‘z kuchini yo‘qotgan, lekin tashqi qiyofasini saqlab qolgan qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul aks etgan. Bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilar hisoblanadi.
Shuningdek, tangalarning reversida, ya’ni bet tarafida "Samarqand", "Adliyya" so‘zlari, hijriy 823 (milodiy 1420-yil), 832 (milodiy 1428-yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan.
Eng qizig‘i tangalarni topgan fuqarolar ularni talon-taroj qilishga ham ulgurishgan. Ayni paytda Inspeksiya, Agentlik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu hududni o‘z muhofazasiga olgan.
Bugundan boshlab, Sariosiyo tumani To‘palang darosi hududida ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Ayni damda Madaniy meros agentligi tomonidan aholi orasida qadimiy yodgorliklarni saqlab qolish, ularga zarar yetkazmaslik bo‘yicha fuqarolarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib bobrilmoqda. Shuningdek, ixtiyoriy ravishda davlatga topshirilgan madaniy me’ros uchun davlat tomonidan qonuniy ravishda mukofot puli to‘lanishi ham eslatib o‘tilmoqda.