Rossiyada naqd valyuta operatsiyalari uchun vaqtinchalik tartib tasdiqlandi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada naqd valyuta operatsiyalari uchun vaqtinchalik tartib tasdiqlandi
Rossiya banki naqd valyuta operatsiyalari uchun vaqtinchalik tartibni joriy qildi
Tartib 9-martdan 9-sentabrgacha amal qiladi:
▪️ xorijiy valyutadagi hisob va depozitlardagi barcha mijozlar mablag‘lari depozit valyutasida saqlanadi va hisobga olinadi, omonat va hisobvaraqlar uchun shartlar o‘zgarmaydi, foizlar odatdagidek omonat ochilgan valyutada hisoblanadi.
▪️ 10 000 $gacha naqd xorijiy valyutani yechib olish mumkin.
▪️ bu summadan yuqori valyutani faqat bozor kursi bo‘yicha rublda yechib olish mumkin.
▪️ valyutani istalgan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlardan faqat AQSh dollarida yechib olish mumkin (pul beriladigan kundagi bozor kursida)️ valyutani bank kassasidan olish mumkin.
▪️ 9-sentabrgacha banklar fuqarolarga naqd pul sotmaydi (shu bilan birga, fuqarolar o‘zlarida mavjud bo‘lgan valyutani cheklovlarsiz rublga almashtirishlari mumkin), Sberbank o‘z bayonotida ma’lum qilishicha, mijozlar naqdsiz valyutani onlayn xarid qilganda cheklovlarsiz amalga oshirish mumkin.
▪️ yangi valyuta hisobvaraqlari va omonatlarini ochish mumkin, lekin ulardan 9-sentabrgacha pulni beriladigan kundagi bozor kursi bo‘yicha rublda yechib olish mumkin.
Rossiya banklaridagi xorijiy valyutadagi hisoblarning qariyb 90 foizi 10 000 dollardan oshmaydi, ya’ni xorijiy valyutadagi depozitlar yoki hisobvaraqlar egalarining 90 foizi o‘z mablag‘larini to‘liq naqd pulda olishi mumkin, deb ma’lum qildi Rossiya banki.
Yangiliklar lentasi
0