Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirib, simog‘ochlarni qulatdi – foto

Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatining qator tumanlarida kuchli shamol esib, bir qator zarar yetkazdi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod, Yakkabog‘ va Kitob tumanlarida qadar kuchli shamol (20 m/s gacha tezlikda) esdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Soat 09:00 dan 12:00 ga esgan shamol Shahrisabz tumani Chorshanbi qo‘rg‘onidagi oziq-ovqat savdo do‘koni, Qamashi tumani "A.Navoiy" MFYda joylashgan yelim idishlarni yig‘ish punkti, Yakkabog‘ tumani "Uchtepa" MFY, Tosh qishlog‘idagi uy, "Navro‘z" MFY, Navro‘z qishlog‘idagi ikkita xonadonning qo‘shimcha binolaridagi tom qoplamalarini uchirib yuborgan.
Kitob tumani Qaynar, Motmon va Qavzixona qishloqlari hududidagi 4 dona elektr simog‘ochi va "Tepaboshi" MFY hududida 1 ta yashash uyining tom qismi kuchli shamol natijasida qulab tushgan.
Tabiiy hodisa oqibatlarini bartaraf etish viloyat FVBning 169 nafar qutqaruvchilari va 26 ta maxsus texnikasi jalb etilgan.
© Press-slujba MChS Uzbekistana

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
1/4

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

© Press-slujba MChS Uzbekistana

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
2/4

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

© Press-slujba MChS Uzbekistana

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
3/4

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

© Press-slujba MChS Uzbekistana

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
4/4

Qashqadaryodagi kuchli shamol oqibatlari

Biroz avval Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida uch fuqaroni yashin urgani va buning oqibatida ulardan biri vafot etgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0