Qashqadaryoda fuqaro yashin urishidan vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishGroza v Moskve
Groza v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Dehqonobod tumanida uch fuqaroni yashin urdi. Buning oqibatida ulardan biri vafot etdi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida uch fuqaroni yashin urdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun soat 11:45 da tumandagi “Otkamar” MFYda kuzatilgan. Yashin urgan fuqarolardan biri vafot etgan. Yana biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Uchinchisiga esa tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Vazirlik fuqarolarni noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘ramoqda.
O‘zgidromet 9-mart kuni kunduzi kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi va shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0