Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa "Platov" v Rostove-na-Donu.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Toshkentdan Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bu reyslar yo‘lovchilar orasida talab ortgani sabab yo‘lga qo‘yilmoqda.
Toshkent—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reyslar 9-martdan 14-martgacha tashkil etiladi. Toshkent—Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar esa 11, 13 va 14-mart kunlari bajariladi.
“Uzbekistan Airways” Krasnodar va Rostov reyslarini Sochiga yo‘naltiradi
Avvalroq aviakompaniya Toshkent-Yekaterinburg va Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.
Kuni kecha "Uzbekistan Airways” O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi reyslar jadvalga muvofiq, uzulishlarsiz amalga oshirilishi, xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0