Mirziyoyev Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Islamskoy Respubliki Iran vo glave s sekretarem Visshego soveta natsionalnoy bezopasnosti Ali Shamxani.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Islamskoy Respubliki Iran vo glave s sekretarem Visshego soveta natsionalnoy bezopasnosti Ali Shamxani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaEron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Islamskoy Respubliki Iran vo glave s sekretarem Visshego soveta natsionalnoy bezopasnosti Ali Shamxani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy
Uchrashuvda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalarining sanoat kooperatsiyasi kengaymoqda.
Bugun Toshkent shahrida o‘tgan Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya birinchi yig‘ilishining amaliy natijalari ijobiy baholandi.
O‘zbekiston va Eron hamkorlikni qanday rivojlantiradi
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalarida sheriklik loyihalari va dasturlarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan xavfi ortib borayotgan terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotiklarning noqonuniy aylanmasi tahdidlariga qarshi kurashish masalalarida samarali hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda ushbu mamlakatdagi gumanitar inqirozni yengib o‘tishga zarur ko‘mak ko‘rsatish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0