Mahalla vaziri va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Qayta tashkil etilgan vazirlik rahbari va Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri va Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Sodiqjon Turdiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari edi.
Abdulla Tursunov (bungacha u Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi bo‘lgan) va Muxtor Muhitdinov (bungacha u Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari edi) vazirning o‘rinbosarlari bo‘lishgan.
Avvalroq Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etilgani va unga rahbarlik qilish Tursinxon Xudaybergenovga yuklatilgani xabar berilgan edi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlangan.
Ozoda Parpibayeva Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ra’no Turdiboyeva va Nodira Egamberdiyeva qo‘mita raisining o‘rinbosarlari bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tuzilgani xabar qilingan edi. Zulayho Mahkamova qo‘mitaning yangi raisi bo‘lgan. Yangi qo‘mita raisi bosh vazir o‘rinbosari va Senat a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.
Yangiliklar lentasi
0