Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Sariyog‘ning qanday zarari bor?

© Sputnik / Oleg LastochkinXladokombinat "Ays-Fili" fasovka slivochnogo masla,
Xladokombinat Ays-Fili fasovka slivochnogo masla,  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Allergiya va yurak kasalliklari jarayonida sariyog‘ iste’mol qilish mumkin emas - parhezshunos.
Yallig‘lanish bo‘lsa sariyog‘ iste’mol qilish organizmning umumiy holatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Bu haqida nutritsiolog Alena Stepanova RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, allergiya, laktoza hazm qila olmaslik va autoimmun kasalliklarida (surunkali yallig‘lanish kabi) sariyog‘ iste’mol qilish zararli. Shuningdek, tarkibida xolesterin miqdori ko‘pligi sabab yurak-qon tomir kasalliklariga chalinganlar ham sariyog‘ iste’mol qilmasligi lozim.
Agar yuqorida keltirilgan kasalliklar bo‘lmasa, meyorda sariyog‘ iste’mol qilish salomatlik uchun hatto foydali bo‘ladi. Chunki sariyog‘ tarkibida immunitet uchun yog‘ni parchalovchi vitaminlar mavjud. Hamda hazm qilish va miya faoliyati uchun ham ijobiy ta’sior qiluvchi moddalar mavjud.
Kattalar uchun bir kunda 20-30 gramm, bolalar uchun 10 gramm sariyog‘ iste’mol qilish meyor hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0