Ostonadagi xavf. AQSh Ukrainada o‘nlab biolaboratoriyalar yaratdi

© AFP 2023 / Mario TamaBiologicheski opasnoe veshestvo v rukax laboranta
Biologicheski opasnoe veshestvo v rukax laboranta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada AQSh uchun ishlagan biologik laboratoriyalarni aniqladi.
Vazirlik mutaxassislari Kiyev va Vashingtonning Biologik va toksinli qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani buzganini tasdiqlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun laboratoriyalarning faoliyati zudlik bilan to‘xtatilganini ishonch bilan ta’kidlamoqda. Moskva va Pekin bir necha bor amerikaliklarni bakteriologik tahdidlarni nazorat qilish uchun xalqaro hujjatga qo‘shilishga chaqirgan. Ammo Oq uy bunga rozi bo‘lmagan.

Chegarada

“Ukraina hududida 30 dan ortiq biologik laboratoriyalardan tarkib topgan tarmoq shakllantirilgan. Tarmoqlarni ilmiy-tadqiqot va sanitar-epidemiologik turlarga bo‘lish mumkin”, - deydi Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov brifingda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lvov, Xarkov va Poltavada joylashgan ushbu obyektlarda “AQSh boshchiligidagi harbiy biologik dastur doirasida” xavfli qo‘zg‘atuvchi infeksiyalar bilan ishlar olib borilgan.
Buyurtmachi - AQSh Mudofaa vazirligi harbiy tahdidlarni kamaytirish boshqarmasi (DTRA). Loyihada Pentagonga aloqador "Black and Veatch" kompaniyasi ham ishtirok etgan. Kirillovning ta’kidlashicha, ular Lvovda vabo, kuydirgi va brutselloz, Xarkov va Poltavada esa bo‘g‘ma, salmonelloz va ichburug‘ kasalliklari qo‘zg‘atuvchisi bilan shug‘ullanishgan.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov ham ma’lum qildi. Rossiyada bu borada tegishli hujjatlar bor. Vazirlikning izoh berishicha, Pentagonning “Rossiya mutaxassislari Ukraina va Qo‘shma Shtatlar tomonidan Biologik va toksik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya buzilganini tasdiqlaydi”, degan qo‘rquvi tufayli biolaboratoriyalar shoshqaloqlik bilan yopilgan.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, biolaboratoriyalar faoliyati o‘ta xavfli infeksiyalar bilan kasallanishning keskin o‘sishiga olib kelgan va bu holat 2014-yildan buyon kuzatilgan. Bo‘g‘ma, qizilcha, sil, qizamiq bilan kasallanganlar soni ortgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ukrainani poliomiyelit tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritgan.

Rossiya va Xitoy xavotirda

Moskva va Pekin uzoq vaqtdan buyon AQSh va uning ittifoqchilarining harbiy-biologik faolligidan xavotirda bo‘lgan. Fevral oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashgan edi. Davlat rahbarlari yangi davrga qadam qo‘yayotgan xalqaro munosabatlar va global barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Xususan, yetakchilar “Bakteriologik (biologik) va toksinli qurollarga ishlov berish, ishlab chiqarish va to‘plashni taqiqlash hamda ularni yo‘q qilish (KBTO) to‘g‘risidagi konvensiya xalqaro tinchlik va xavfsizlik tayanchi sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini” tasdiqladi.
“Tomonlar Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilarini ochiq, oshkora va mas’uliyat bilan harakat qilishga, xorijda va o‘z milliy hududlarida olib borayotgan harbiy biologik faoliyati haqida to‘g‘ri ma’lumot berishga chaqiradi”, — deyiladi hujjatda.
Vashingtonning xorijiy harbiy-biologik faolligini nazorat qilish zarurligini xitoylik va rossiyalik ekspertlar va siyosatchilar ham, jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan doktor Gennadiy Onishenko bir necha bor ta’kidlab o‘tgan.
“Ikki rahbar bayonotida asosiy e’tibor yadroviy, kimoviy va yana birinchi o‘ringa chiqqan haqiqiy hayot tahdidi bo‘lmish biologik ya’ni – nazorat qilib bo‘lmas ommaviy qirg‘in qurollari masalalariga qaratilgan. Rossiya va Xitoy Konvensiya obro‘-e’tibori va samaradorligini saqlab qolishda qat’iy turishini ta’kidlaydi", - deydi olim.
2001 yilda Qo‘shma Shtatlar bir tomonlama tartibda KBTOga qo‘shimcha protokol ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralardan chiqdi. Protokolga ko‘ra, barcha mamlakatlarning mikrobiologik faoliyatini kuzatadigan mustaqil organ - Texnik kotibiyat bo‘lishi kerak edi.
“Bu AQSh harbiylarining barcha antibiotiklarga chidamli va davolab bo‘lmaydigan Ames strain sibir yarasining jangovar biologik formulasini o‘z hududida qo‘llaganidan keyin sodir bo‘lgan edi. O‘sha paytda Qo‘shma Shtatlar go‘yoki terrorchilar hujumiga uchragani va mikrobiologik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro nazoratdan bosh tortganini ta’kidlagan”, - deydi Rossiya FA akademigi.
Biologik va toksinli qurollarni ishlab chiqarish, ishlov berish va to‘plashni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya 1972-yilda tasdiqlangan. Bu shunday turdagi yagona xalqaro hujjatdir.
“Rossiya va Xitoy yetakchilari Vashingtonni xalqaro huquqiy maydonga qaytishga chaqirmoqda. Amerikaliklar koronavirusning tabiiy yoki sun’iy kelib chiqishi haqida bahslashmoqda. 2001-yilda ular qonuniy kuchga ega bo‘lgan nazorat mexanizmini qabul qilishga qarshilik qilgan. Agar mexanizm qabul qilinganda komissiya tuzgan va hozir kelib barchasini tekshirgan bo‘lardi. “Ammo bunday bo‘lishi mumkin emas, Qo‘shma Shtatlar esa faqat asossiz bayonotlar berishi mumkin. Va bugun asosiy qonunbuzarlar-Qo‘shma Shtatlar va aynan ularning harakatlari dunyoni bezovta qilyapti”, - deya ta’kidlaydi Onishenko.

Postsovet hududidagi Amerika biolaboratoriyalari

SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda sovet institutlari negizida Amerika tadqiqot markazlari ochildi. Institutlar 1950-yillardan boshlab yuqumli kasalliklar bilan shug‘ullangan, o‘lat, vabo, terlama kasalliklariga qarshi vaksinalar yaratgan.
Qurollanish poygasi avjiga chiqqanda biologik va kimoviy urush istiqbollari tamomila real edi. Sovet institutlari G‘arbga qarshi bioqurol ishlab chiqarayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Hech qanday dalil topilmadi. Ammo SSSR parchalanganidan keyin xavfli to‘kilishlarning oldini olish kerak edi. Qo‘shma Shtatlar “Tahdidlarni kamaytirishda hamkorlik dasturi” doirasida ixtiyoriy ravishda yordam berishini bildirdi.
Xavfli kasalliklarni o‘rganish uchun mablag‘lar ajratishdi. Biroq amerikalik mutaxassislarning ham laboratoriyalarda ishlay olishi sharti bilan. Markaziy Osiyo va Kavkazdanto‘plangan shtammlar G‘arbga jo‘natildi. Grantlar NATO va Pentagon budjetidan ajratildi.
Vashington tadqiqot faqat tinchlikmaqsadida olib borilganiga ishontirdi. Biroq Gruziya sobiq davlat xavfsizlik vaziri Igor Giorgadzening bayonotidan keyin janjal avj oldi. Uning aytishicha, markaz xodimlari Pentagon buyrug‘ini bajarayotganliklarini tan olishgan. “U yerda zararli moddalar va o‘q-dorilarni biologik faol moddalar bilan purkash uchun uskunalar bor”. Bundan tashqari, markazlarning birida u yerda davolanayotgan o‘nlab bemorlar vafot etgan. Sobiq vazir laboratoriyalarda odamlar bilan tajriba o‘tkazilganini ham istisno etmagan. AQSh esa barchasini rad etgan.
Olmaotadagi Markaziy Referans laboratoriyasi (MRL) uchun Pentagon 108 million dollar ajratdi. Ushbu muassasa davlat mulki hisoblanib, Qozog‘istonga xos virus shtammlarini o‘rganishga ixtisoslashtirilgan. To‘rt yil avval respublikada meningit bilan kasallanishning keskin o‘sishi qayd etilgan edi. Bu Vashingtonning tajribasi, degan mish-mishlar ham tarqaldi.
Bunday biologik laboratoriyalar Tojikiston va O‘zbekistonda ham bor. Ular ham amerikaliklar tomonidan moliyalashtirilgan. 2020-yilning kuzida Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ShHTdagi hamkasblari bilan uchrashuvda “Vashington Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga epidemiologik yordam bahonasida bioma’lumotlar to‘plamoqda”, deya shikoyat qildi. Xitoy Amerikadan Markaziy Osiyodagi barcha tadqiqot muassasalarini yopishni talab qildi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston ularda AQShning harbiy ishlanmalari yo‘qligini da’vo qilmoqda. Pekin va Moskvani bu tinchlantirmaydi.
“21-asr urushlari gibrid bo‘ladi. Biz buni aniq tushunishimiz kerak. Eng muhimi, ularning qonunlarini tushunish, ularga qarshi kurashish - nafaqat infeksiyalar, balki jamiyatning barcha sohalari uchun mo‘ljallangan bunday gibrid axborot-terroristik hujumlarga ham qarshi kurashish. Epidemiologiya har doim siyosiy muammo bo‘lib kelgan – chunki u nafaqat kasallarga, balki butun jamiyatga ta’sir qilish bilan bog‘liq”, deya ta’kidlaydi Onishenko.
Rossiya Mudofaa vazirligi so‘nggi ikki yil davomida Germaniya Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarida biologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Ukrainadagi Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, leptospiroz, meningit va xantaviruslarning patogenlarini o‘rganayotganini ta’kidladi.
Igor Kirillovning so‘zlariga ko‘ra, dori vositalarini sinovdan o‘tkazish va koronavirus infeksiyasining oldini olish bahonasida “bemorlarning, birinchi navbatda, slavan etnik guruhiga mansub bo‘lganlarning qon zardobidan bir necha ming namunalar Ukrainadan olib chiqib ketilgan”. Biomateriallar AQSh armiyasining Uolter Rid ilmiy-tadqiqot institutiga yetkazib berilgan.

Mavzuga oid:

Ekspert AQShning Ukrainadagi biolaboratoriyalari tahdidini baholadi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada biologik qurol yaratilayotganini ma’lum qildi
Xitoy AQShdan Ukrainadagi biolaboratoriyalar haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashni talab qildi
Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari borligini tan oldi
Yangiliklar lentasi
0