Ukrainadan fuqarolarni olib chiqish uchun 21ta reys tashkil qilindi - TIV

© Press-slujba MID UzbekistanaSpesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini
Spesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan buyon 4 787 nafar O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilindi.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Ukrainadan fuqarolarni olib chiqish uchun 21ta reys tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.
28 fevraldan 8-martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar vatandoshimiz qaytarildi. 8-mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
Shu bilan bigra, Moldova Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi, vaziyat kesinlashgan kunidan boshlab O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda evakuatsiya qilishni boshlagan edi. Buning uchun elchixona vakillari mahalliy o‘zbek diasporasi bilan hamkorlikda fuqarolarni dastlab Lvov shahriga, undan so‘ng Polshaning Katovitse shahriga avtobuslarda olib kelgan. Polsha hukumati bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston fuqarolarining chegaradan o‘tish jarayonini ham osonlashtirib bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0