Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8-mart bilan tabrikladi - foto
10:40 08.03.2022 (yangilandi: 10:44 08.03.2022)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Har qanday davlatning adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi - Mirziyoyev
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarni 8-mart bilan tabrikladi. Tantanali bayram tadbiri Xalqaro kongress markazida 7-mart kuni bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
– Xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini Yaratganning ulug‘ ne’mati, tengsiz mo‘’jizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi, – dedi prezident.
Ma’lumki, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekistonda xotin-qizlar ravnaqi uchun amalga oshirilayotgan ishlar sanab o‘tildi:
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
Respublikadagi 9,5 mingga yaqin mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosarlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkazildi.
Har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilindi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinadi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan, obro‘-e’tiborli ayollarni o‘z safida birlashtirgan “Oqila ayollar” harakati tashkil topmoqda.
Shuningdek, barcha mehnat jamoalarida xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun “Ayollar kengashlari” tuzilmoqda.
Tadbirkor xotin-qizlarni yanada ko‘paytirish maqsadida “Bizneschi ayollar” dasturi qabul qilinib, uning doirasida 8 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek, joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha beriladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlar uchun ajratiladi. Bu muhtoj ayollarni 12 mingta qulay uy-joy bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Tariximizda ilgari bo‘lmagan bunday keng ko‘lamli ishlar ijrosi uchun 15 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
– Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo‘lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o‘nta yaxshilik bo‘lib qaytadi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining shu yil 5-martdagi farmoniga muvofiq bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan edi. Bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
– Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin, - dedi Prezident.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi.
Bayram tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKonsert na seremonii pozdravleniya jenshin s 8-marta
Konsert na seremonii pozdravleniya jenshin s 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana